Xitoy Qirgʻizistonni mustamlaka qilib bormoqda

991
0

Xitoy Qirgʻizistonni mustamlaka qilib bormoqda

27 iyul kuni Qirgʻizistonning Chuy viloyati Sokuluk rayonida joylashgan OsOO “Tyanь – Shanь Keramik” zavodining Xitoy fuqorosi boʻlgan bosh direktori qoʻl ostidagi Qirgʻiz ishchisini kaltakladi. Xitoylik direktor ishchini butun Qirgʻizistonlik ishchilar brigadasi koʻz oʻngida mast holatida haqorat qilib kaltakladi!

Xitoyning mustamlaka qilish uslubi ilk bor Sharqiy turkistonni bosib olishida namoyon boʻldi. Xitoy davlati mustamlaka qilmoqchi boʻlgan mamlakatga avvalida oʻz ishchi va savdogarlarini kiritadi. Ular uzoq yillar sabr va oʻta itoatkorlik bilan xizmat qilib, bu zaif davlatning va xalqning ishonchini qozonib olishga harakat qilishadi. Bunga paralell ravishda u bu mamlakatga investitsiya olib kirish va ulkan qarz berish bilan, uni toʻlab boʻlmaydigan qarzdor qilib olishga harakat qiladi. Siyosiy vaziyatlardan, yaʼni oʻsha davlatning har bir muammolaridan, inqirozlik holati va keskin siyosiy vaziyatlaridan foydalanib, u mamlakatga juda katta va oʻzi uchun oʻta manfaatli boʻlgan bitimlarni imzolatib oladi. Neft quvurlari va temir yoʻli yotqizib olish kabi oʻta muhim ahamiyatga ega loihalarni amalga oshirib olish bilan u mamlakatni strotegik tomondan oʻziga bogʻlab oladi. Ana undan keyin Xitoy davlati ham, uning oʻta itoatkor boʻlib koʻringan xitoy ishchi va ishbilarmonlari ham haqiqiy basharalarini ocha boshlashadi. Keyin Xitoy davlati, aytaylik Qirgʻizistondan oʻz mamlakati va fuqorolariga tegishli boʻlgan mol mulklarini, shuningdek shaxslarni himoya qilib berishni talab qiladi. Qirgʻizistonda provokatsiya ishlarini uyushtirib, mamlakatga ishonchsizlik bildiradi. Keyin oʻziga qarashli zavod fabrikalarning va temir yoʻli orqali oʻtadigan tovarlarning hamda oʻsha yerda istiqomat qilayotgan oʻz fuqorolarining himoyasini oʻz zimmasiga oladi. Bu esa, Xitoy davlati shu inshoatlar himoyasi uchun oʻsha zayif davlatga kerakli kuch quvvat, askar va harbiy texnikalar olib kirish zarurligini anglatadi.

“Vechernыy Bishkek” roʻznomasining 30 iyul kungi sonida, 27 iyul kungi roʻy bergan hodisada Xitoy direktorining hech qanday aybi yoʻqligi dalillangani haqida maʼlum qilindi. Oʻsha kungi boʻlib oʻtgan hodisaga guvoh boʻlib turgan ishchilar ham Xitoylik Qirgʻiz ishchisini urganligini inkor qilishgan emish. Vaholangki oʻsha ishchilar 28 iyul kuni Xitoy direktori ulardan va kaltaklangan ishchidan kechirim soʻrashini talab qilib miting uyushtirishgan edi.

Demak biz xavfsiragan holat boshlanyapti. Yaʼni, Qirgʻiz ishchilari Xitoy zavod adminstratsiyasi tomonidan, ishdan haydab yuborish bilan qoʻrqitilib, arizalarini oʻzgartirishga majburlanishgan. Organ xodimlari ham Qirgʻiz hukumati bosimi ostida Xitoy fuqorosini qoʻllab, uning agressiv harakatlari va jinoyatini berkitish holatlariga eʼtibor qaratishmadi!

Qirgʻizison fuqorolariga murojaat qilib shuni aytamizki, Xitoy bizni bosib olmoqchi! Ularga bu maqsadlarini amalga oshirishlari uchun avvalgi hokimlarimiz kalta fahmlik va shaxsiy manfaatlarini koʻzlash bilan oʻta qulay vaziyatlar paydo qilib berdi. Yaʼni boʻlar-boʻlmas keraksiz loyihalar uchun Xitoydan milliardlagan dollar qarzlar olib, mamlakatni oʻta xavfli holatga olib kelib qoʻyishdi. Yangi hokimiyat ham, ulardan yoki boshqalardan yana qarz olmay vaziyatni oʻnglab yuborishining iloji yoʻq! Qarzlarni toʻlashda esa, fuqorolar mulki boʻlgan umumiy manfaatlarimizni (erlar, konlar….) ularga berib yuborishmoqchi! Bundan tashqari hokimiyatimiz Xitoy davlatining bosimidan qoʻrqib, yuqoridagi kabi Qirgʻiziston fuqorolarining haq huquqlarini toptay boshlashadi. Shuning uchun biz, oddiy fuqorolar, yaʼni xalq sifatida Xitoy fuqorolari Qirgʻiz fuqoroligini olishlariga yoʻl bermasligimiz va ular bizni kamsitib, qonuniy yoki noqonuning xoʻjayinlarimizga aylanib olishlariga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Aks holda Uygʻuristondagi singari xorlik bizni ham boshimizga kelishi muqarrar. Imkon qadar bu kabi jirkanch dahriylar bilan hamkorlik qilishdan va ular uchun ustimizga yoʻl ochib berishga hissa qoʻshishdan ham tiyilganimiz maʼqul. Balki Xalifalik davlati boʻlganida, ularning shu kunda musulmonlarga qarshi olib borayotgan repressiyalari uchun uni dorul harb (urush holatidagi davlat) deb eʼlon qilingan boʻlarmidi.

Demak, biz fuqorolar, davlat rahbarlariga bosim oʻtkazishimiz, shu jumladan Xitoy davlatini ham ogohlantirib borishimiz kerak. Aks holda Xitoy haddidan osha boshlaydi. Qirgʻiz hukumati ham ulardan qoʻrqib, oʻz fuqorolarini sotib Xitoy tomoniga oʻtib oladi. Bu holni biz uygʻuriston hokimiyati misolida koʻrdik! Agar xalq xitoyliklarni qabul qilmasa, ularning mustamlaka rejalarini buzib yuborsa, hukumatga bosim oʻtkazib, uni Xitoyga qarshi yoʻnaltira olsa, Xitoy ortga chekinadi. Vaqtincha boʻlsa ham albatta. Keyin u yana vaqt poylaydi. Chunki uning ortida olamiy kufr sistemasi turibdi! Lekin vaqt bizning foydamizga ishlayapti insha Alloh! Chunki bizni Xitoy bosimi, repressiyasidan faqat olamiy Islomiy boshqaruv sistemasigina saqlay oladi! U esa juda yaqin insha Alloh!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.