AQSh Tolibon bilan bevosita muloqot qilishni istaydi

575
0

AQSh Tolibon bilan bevosita muloqot qilishni istaydi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistonda 17 yildan buyon davom ettirib kelayotgan urushni tugatish uchun Tolibon harakati bilan bevosita muzokaralarda ishtirok etishga tayyordir. Bu haqida Afgʻonistonda NATO boshchiligidagi qoʻllab-quvvatlash missiyasiga rahbarlik qilayotgan General leytenant Jon Nikolson maʼlum qildi.

“AQSh davlat kotibi janob Mayk Pompeoning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar Tolibon harakati bilan muzokara olib borishga va xalqaro kuchlarning rolini muhokama qilishga tayyordir”, dedi AQShning Afgʻonistonda muhim roli haqida aytib oʻtgan Nikolson.

“Umid qilamizki, ular (Tolibon harakati) ham shuni kutmoqda va bu muzokara tinchlik jarayonini rivojlantirishga yordam beradi”, deya qoʻshimcha qildi u.

AQSh rasmiylari prezident Donald Trampning farmoni bilan Afgʻonistonda oʻtgan yili amalga oshirilgan tinimsiz havo hujumlariga qaramay, mamlakatning aksar qismi Tolibon harakati tomonidan nazorat qilinishini va AQSh tarafidan hech qanday ilgarilash yuz bermaganligini aytib kelishadi.

Ammo Tolibon harakati, AQSh bilan ham va oʻzlari tan olmaydigan prezident Ashraf Gʻani rejimi bilan ham uchrashuv oʻtkazish haqidagi talablarni rad etayotgani aytilmoqda. Harakatning talabiga koʻra, bosqinchi kuchlar Afgʻonistonni tark etishi lozim.

Turkiston: 

Gap shundaki, AQSh Tolibon bilan kelisha olmasa, Markaziy Osiyodan Avgʻoniston orqali olib oʻtilishi kutilayotgan neft quvirlarini hamda okeanga olib chiqadigan temir yoʻl aloqa vositalarini xam yoʻlga qoʻya olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.