AQSh 15 iyul hodisasini demokratiyaga bogʻladi

816
0

AQSh 15 iyul hodisasini demokratiyaga bogʻladi

AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Heather Nauert 2016 yilda 15 iyul Turkiyada boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishga boʻlgan urinishni “demokratiyaga qarshi hujum” deya baholadi.

“Ikki yil oldin boʻlib oʻtgan muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarish tashabbusida taxminan 250 turk fuqarosi hayotdan koʻz yumdi va minglab insonlar jarohatlandi. Oʻlganlar va jarohat olganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Heather Nauertning yozma bayonotida.

AQShning Turkiyadagi demokratik tashkilotlar yonida turishini taʼkidlagan Nauert “davlat toʻntarish tashabbusi demokratiyaga qaratilgan hujumdir. Bu esa, demokratiyaning himoyasi uchun asosiy erkinliklar himoya qilinishi kerakligiga doir eslatmadir”, deya qoʻshimcha qildi.

Aslida 15 iyulda uyushtirilgan davlat toʻntarishga urinish Turkiyadagi hukumatni egallash orqali Islom va u musulmonlarga qarshi uyushtirilgan tashabbus edi! Shu sababli, xuntachilar (davlat toʻntarishiga uringan harbiylar) bayonotlarida ilmoniylik taʼkidlanganligi va musulmonlar kamsitilganligini kuzatish mumkin. Yaʼni xuntachilar Amerikacha demokratik rejimni rad etib, Britanicha turidagi demokratiyaga yuzlanmoqchi boʻldilar.

Ammo davlat toʻntarish tashabbusiga qarshi chiqqan musulmon xalq esa, demokratiyani himoya qilish uchun koʻchalarga chiqmadilar. Balki ushbu kechada koʻchalarga chiqqan musulmonlarning pokiza islomiy tuygʻulari Gʻarb tomonidan tiqishtirilgan demokratiya va millatchilik gʻoyalari bilan aralashtirib yuborildi. Musulmonlarning Islomiy gʻoyalari millatchilik va milliy-davlat tushunchalariga taʼvil qilindi. Hukmat vakillari Alloh uchun yaxshi koʻrish va Alloh uchun yomon koʻrish tushunchasi oʻrniga vatan uchun yaxshi koʻrish va vatan uchun yomon koʻrish tushunchasini jamiyatga tiqishtirishdi.

Hokimiyat qoʻlidan chiqib ketishidan xavfsirab qolgan rasmiylar demokratiyaga chorlash bilan xoʻjayinlarini biroz tinchlanirgan boʻldilar. Vaholangki Musulmonlar koʻchalarga demokratiya uchun emas, Islom uchun chiqqanligi aqli joyida boʻlgan har kimga ayon edi. Chunki shirin jonini xavf ostiga qoʻyib, koʻchalarga chiqqan insonlar biror marta boʻlsa ham demokratiyani tilga olmadilar. Koʻchalarda faqat takbir va tahlillar yangradi. Demokratiya, millat va vatan kabi shiorlar esa faqat radio-televideniya orqali yangradi xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.