YeI Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yana uzaytiradi

496
0

YeI Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yana uzaytiradi

 Evroittifoqqa aʼzo davlatlar yetakchilari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarni uzaytirish haqidagi qarorga keldi. Bu haqda “Reuters” oʻz manbasiga asosan xabar bermoqda.

 Agentlik maʼlumotlariga koʻra, rasmiy bayonot yaqin vaqt ichida eʼlon qilinadi.

 Taʼkidlanishicha, YeI yetakchilari Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni olti oyga uzaytirish haqidagi qarorga kelgan.

 Avvalroq, Polьsha bosh vaziri Mateush Moravetski Rossiyaga nisbatan YeI sanktsiyalarini uzaytirish lozimligi haqida xabar bergandi. Bryusseldagi YeI sammiti vaqtida Polьsha bosh vaziri ushbu masala boʻyicha pozitsiyani “juda qatʼiy” deb atadi va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy cheklovlar uzaytirilishi lozim ekanini maʼlum qildi.

Turkiston: 

AQSh maʼmuriyati Rossiyaning agressiv siyosatidan YeIga qarshi foydalanmoqchi. Dastlab AQSh BMTning inson huquqlari tashkiloti aʼzoligidan chiqib ketdi. Soʻng NATOdan ham chiqib ketishi mumkin ekanligini eʼlon qilib, YeIga bosim oʻtkazmoqchi boʻldi. Shu kunlarda Rossiya prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazish AQShning taklifi bilan amalga oshirilayotgani yuqoridagi bosimlarga qoʻshimcha boʻldi.

Oq uy maʼmuriyati YeIning oʻziga boʻlgan itoatini kuchaytirib, uni Rossiyadan saqlab turishi mumkin boʻlgan yagona quvvat AQSh ekaniga iqror qildirmoqchi boʻlyapti. Chunki NATO aslida AQShning harbiy blogi ekani barchaga maʼlum. Rossiyaning Ukrainani bosib olishidan faqat NATO toʻsib turadi degan, yetakchi fikr mavjud. Shuning uchun AQSh YeIni NATOning moddiy xarajatlarini koʻtarishda koʻproq hissa qoʻshishga majburlamoqchi boʻlayapti.

Lekin oxirgi vaqtda Moskva hukumati Osiyo mamlakatlari tomon yuzlana boshlagani AQShni tashvishlantira boshladi. Rossiya Xitoy va Yaponiya kabi sanoatlashgan mamlakatlarga iqtisodiy investitsiya eshiklarini ochib berishga vaʼda berdi. Yaʼni Rossiya iqtisodiy mustamlaka boʻlish mumkin boʻlgan eshigini ochdi. Shundan keyin AQSh Rossiyani “katta yettilik” tashkilotiga qaytarishimiz kerak degan tashabbusini koʻtardi. Endi u bilan rasmiy uchrashuv belgilab, xuddi Suriya masalasida avval sherik qilgani kabi, yana uni aldashga urinib koʻrmoqchi. AQSh, “dushmaningni oʻz yaqiningda saqla” degan naqlga asoslanib ish olib boryapti. Yuqoridagi bayonot esa YeIning yangi pozitsiyasidir. Ular AQSh Rossiya muzokaralarining natijasiga va undan keyingi AQShning strotegiyasiga koʻra oʻzgarishi ham mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.