Tramp – Putin uchrashuvi joyi maʼlum boʻldi
AQSh prezidenti Donalьd Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin 16 iyul kuni Helьsinkida uchrashadigan boʻlishdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“FoxNews” telekanali ham uchrashuv Helьsinkida oʻtkazilishi haqida maʼlumot bergan.
“AQSh prezidenti Donalьd Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasidagi sammit Finlyandiya poytaxti Helьsinki shahrida oʻtkaziladigan boʻldi”,- deb yozilgan telekanalning “Twitter”dagi sahifasida.
Chorshanba kuni Trampning oʻzi Putin bilan uchrashuvi NATO sammiti(11-12-iyul kunlariga moʻljallangan)dan keyin Helьsinkida oʻtkazilishi mumkinligini bildirgan edi.