Erdoganning Britaniya safari

569
0
epa06740221 Britain's prime minister Theresa May (R) shakes hands with Turkey's president Recep Tayyip Erdogan during a joint news conference inside number 10 Downing Street in London, Britain, 15 May 2018. Turkish President Recep Tayyip Erdogan said he intends to tighten his grip on the economy and take more responsibility for monetary policy if he wins an election next month. EPA-EFE/Simon Dawson / POOL

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Erdoganning Britaniya safari

Savol: Erdogan 2018 yil 13 mayda uch kunlik safar bilan Londonga keldi. Safari davomida qirolicha Yelizavet va bosh vazira Tereza Mey bilan uchrashdi. Erdoganning safari 24 iyunda Turkiyada oʻtkaziladigan prezidentlik va parlament saylovlaridan bir necha hafta oldin boʻlib oʻtdi… Maʼlumki, muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat toʻntarishga urinish hodisasidan keyin Erdoganning Britaniya bilan munosabati ancha keskinlashib qolgan edi. Shunday ekan, Erdogan nega Britaniyaga safar qildi va uning koʻzlagan maqsadi nima? U oʻz maqsadiga erishdimi?

Javob: Safardan koʻzlangan maqsadni bayon qilish uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Maʼlumki, yurt favqulodda holatni boshdan kechirayotgan bir paytda, Erdogan prezidentlik boshqaruvi orqali oʻz hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Zero, prezidentlik boshqaruvida hokimiyat prezidentning qoʻlida boʻladi. Turkiyada joriy qilingan favqulodda holat 160 ming kishining qamoqqa olinishiga va taxminan shuncha hukumat xizmatchisining ishdan boʻshatilishiga sabab boʻldi. Koʻp hollarda qamoqqa olish va ishdan boʻshatish ishlari shafqatsizlarcha amalga oshirildi. Shuningdek, hukumatga qarshi amalga oshirilib, muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan 2016 yildagi davlat toʻntarishga urinish hodisasidan beri minglagan muxolafatchilarga nisbatan, jumladan, mulozimlar, advokatlar, politsiya zobitlari va akademiklarga nisbatan “tozalash” amaliyoti olib borildi. Ularning koʻpchiligi Britaniyaga sadoqatli edi. Shunday boʻlsa-da, Erdogan yakshanba kuni Istanbuldan Londonga ketishidan oldin (Birlashgan Qirollikni “strategik hamkor va ittifoqchi”, deya atadi. U Mey bilan ikkitomonlama masalalar, regional va xalqaro masalalarni muhokama qilishini taʼkidladi. Erdogan – Turkiya bilan Britaniya oroldagi tinchlik kafili, degan eʼtiborda – Kiprdagi soʻnggi voqealar ham muhokama qilinishini aytib oʻtdi. Demak, uchlik masalasi (yaʼni Kiprdagi Turkiya, Gretsiya va Britaniya masalasi) muhokama qilinadigan boʻldi. Bundan tashqari, Erdogan Oʻrta Sharqdagi “mushtarak ish rejasi” ham muhokama qilinishini bildirdi… U oʻzining safari Turkiya va Britaniya oʻrtasidagi savdo aylanmasini oshirishga qaratilishini urgʻular ekan, “Biz Britaniya bilan boʻlgan iqtisodiy aloqalarimizni u Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan keyin ham uzmasdan davom ettiramiz” dedi. http://www.elfagr.com, 2018 yil 13 may).
Erdoganning bayonotlaridan, uning Mey bilan regional va xalqaro masalalar, shuningdek, Kiprdagi soʻnggi voqealar, Oʻrta Sharqdagi ish rejasi hamda Turkiya va Britaniya oʻrtasidagi savdo aylanmasi oshirilishini muhokama qilgani tushuniladi. Oʻrta Sharqdagi ish rejasiga kelsak, Erdogan – Mey u bilan bunday xalqaro masalalarni muhokama qiladigan shaxs emas. Endi, Erdogan Istanbul aeroportida oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida aytganidek, ikkitomonlama soʻzlashuvlarning iqtisodiy masalalarni muhokama qilishga hamda ikki davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasini oshirishga qaratilishi haqida aytadigan boʻlsak, bu notoʻgʻridir. Chunki, davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasini oshirishga qaratilgan iqtisodiy va savdo ishlari ularning oʻrtasidagi siyosiy barqarorlikka bogʻliqdir. Bu ikkala davlat oʻrtasida esa, – ayniqsa, muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat toʻntarishga urinish hodisasidan keyin – siyosiy barqarorlik mavjud emas. Safar davomida biror eʼtiborga molik iqtisodiy loyiha imzolangani toʻgʻrisida maʼlum qilinmagani ham buni tasdiqlab turibdi. Kipr mavzusi esa, muhokama qilinishi mumkin. Chunki bu ikki taraf oroldagi tinchlik va xavfsizlikka kafildir. Lekin bu mavzu ham orolda keskinlik mavjud boʻlgan paytdagina muhokama qilinadi. Hozir esa, u yerda keskinlik holati kuzatilmayapti. Bulardan shu narsa tushuniladiki, Erdoganning Britaniya safaridan koʻzlangan maqsadlar haqidagi gaplari biror hujjatga asoslanmagan. Aksincha, u asl sababdan chalgʻitish uchun shu gaplarni gapirdi.
Biroq, muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat toʻntarishga urinishdan keyingi hodisalar voqeini oʻrganish natijasida hamda ushbu hodisalarni Britaniya safarining saylovlardan oldin uyushtirilishi bilan bogʻlash orqali ayni safarning haqiqiy sababini bilib olish mumkin. Ana shunda, Erdoganning Britaniyaga safar qilishidan koʻzlangan haqiqiy maqsad quyidagicha oydinlashadi:
Hodisalar voqeiga kelsak… Maʼlumki, muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat toʻntarishga urinish hodisasi ortida Britaniyaning Turkiyadagi malaylari turgan. Shundan soʻng Erdogan Britaniyaning malaylariga, xususan armiyadagi malaylariga nisbatan juda shafqatsiz choralarni koʻrdi. Buning natijasida Britaniyada Erdoganga nisbatan qattiq gʻazab paydo boʻldi…
Endi safarning saylovlardan oldin boʻlganiga va saylovlar bilan safar oʻrtasida bogʻliqlik mavjudligiga toʻxtalib oʻtamiz. Maʼlumki, Turkiya muxolafat partiyalari, asosan, Jumhuriyat Xalq partiyasi Britaniyaga sodiq. Shu bois Britaniya ularni – parlamentda koʻpchilik oʻrinni egallashlari uchun – ilgari kuzatilmagan tarzda bir koalitsiya tuzishga undadi. U bunday holatlarda odatdagi taktikani qoʻlladi. Yaʼni, partiyalar parlament saylovlarida oʻzaro sheriklik asosida qatnashadigan boʻldi. Shu orqali prezidentlik saylovini – hech boʻlmaganda – ikkinchi turga qoldirmoqchi boʻlyapti. Bu bilan – mana, Erdogan aksar jamoatchilik qoʻllab-quvvatlovini yoʻqotib, ikkinchi turga qolishga majbur boʻldi, degan narsani koʻrsatishni hamda Erdogan keyingi turda muvaffaqiyat qozongan taqdirda ham, uning obroʻyiga putur yetkazishni xohlayapti… Oʻz navbatida, Erdoganni tashvishlantiradigan narsa ham mana shu.
Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Erdogan 24 iyunga belgilangan prezidentlik saylovidan oldin Britaniyani rozi qilish uchun ushbu safarni amalga oshirdi. Koʻproq taxmin shunday. Shuning uchun Erdogan baʼzi yon berishlar taqdim etish orqali inglizlarning koʻnglini olishga urindi. Uning bu yon berishlariga Britaniya malaylarini qamoqdan chiqarishini hamda – bayonotida aytganidek – uni oʻzining strategik hamkori, deya atab, haqqiga maqtovlar yogʻdirishini misol qilish mumkin. Shuningdek, agar Britaniya malaylari saylov kampaniyasi davomida oʻz qarshiliklarini yumshatishsa, buning muqobilida Erdogan ham ularga qarshi keng koʻlamda olib borayotgan tozalash amaliyotini toʻxtatishini aytib, Britaniyani aldamoqchi boʻldi… Demak, kuchliroq taxminga koʻra, Erdoganning Britaniya safari ortidagi haqiqiy sabab mana shu.
Ammo Erdogan oʻz maqsadiga erishishga muvaffaq boʻldimi? Aftidan, u muvaffaqiyatsizlikka uchragan koʻrinadi. Buning belgilari quyidagilardan iborat:
Uchrashuv ortidan Mey Dauning-Stritdagi oʻz qarorgohida Erdogan bilan yonma-yon turib, “Demokratik yoʻl bilan saylangan hukumatni qulatishga uringan kishilarni mahkamaga tortish toʻgʻri ish”, dedi. Ammo keyin “Biroq Turkiya demokratiyani himoya qilayotgan ekan, eng muhimi – u oʻzi himoya qilishga urinayotgan qadriyatlardan koʻz yummasligi lozim”, deya qoʻshib qoʻydi. (co.uk 2018 yil 16 may). Yaʼni, Mey oʻz mehmoni Erdoganni jurnalistlar oldida tanqid qildi.
Soʻz erkinligini himoya qiluvchi tashkilotlar Erdoganga qarshi namoyish uyushtirdi. (Dauning-Stritdagi hukumat qarorgohi oldidagi namoyishda “Pen”, “Index on Censorship” va “Chegarabilmas muxbirlar” kabi soʻz erkinligini himoya qiluvchi tashkilotlar aʼzolari qatnashishdi. “Nahotki Qalam” gazetasi, 2018 yil 15 may). (Kurdlarni qoʻllab-quvvatlovchi faollar Erdoganning tasviri tushirilgan va “terrorchi” soʻzi yozilgan plakatlarni koʻtarib chiqishdi. (Aynul Ixboriyya, 2018 yil 15 may).

10 ramazon 1439h

26 may 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.