Yahud generallari: Abbos ketgandan soʻng uni juda sogʻinamiz

1083
0

Yahud generallari: Abbos ketgandan soʻng uni juda sogʻinamiz

Yahud vujudining ishonchini qozongan Falastin prezidenti Mahmud Abbosning sogʻligi yomonlashib, oʻz vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolishi Tel-Avivda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirgani aytilmoqda. 13 kanal sharhlovchi Ilan Lukatch Abbosning Falastin lideri sifatida oʻtkazgan yillari ustida izlanish olib bordi va uning yahudlarga boʻlgan taʼsiriga aniqlik kiritdi.

Abbos siyosiy sahnada koʻrinmay qolganidan soʻng, sharhlovchi Lukatch bir qator yuqori darajali yahud ofitserlari va mutaxassislari bilan u haqida suhbatlar oʻtkazdi. Ulardan baʼzilarining Abbos haqidagi qarashlari quyidagicha:

(Isroil) mudofaa vazirligidagi xavfsizlik va siyosiy boʻlimining sobiq rahbari Amos Gilaad: “Mahmud Abbos davrini butunlay xavfsiz oʻtdi deya olaman. Yosir Arafotdan farqli ravishda, u harbiy amaliyotlarga qarshi edi. Uning boshqaruvida falastin va (Isroil) oʻrtasidagi xavfsizlikni muvofiqlashtirish juda ilgʻor bosqichga yetdi. Bu har ikki tomonning xavfsizlik organlari, fuqarolik boshqaruvi va (Isroil) armiyasini oʻz ichiga oldi. Xulosa shuki, u (Isroil)ning hayotini saqlab qoldi”.

Herzliya markazida strategik maslahatlashuvlar institutining hozirgi rahbari Gilaad: “Isroil oʻzi uchun Abbosdan koʻra yaxshroq hamkorlik qiladigan yetakchi topa olmaydi. U yahudlarga qarshi bayonotlar bergan boʻlsa ham, Isroilning istagini amalga oshirib berdi”.

(Isroil)ning arablar ishlari boʻyicha mutaxassisi Shamrit Meir: “Abbos Falastinning qurolli kurashini oʻz qoʻli bilan imzoladi. Fath harakati qanday ahvolga tushganiga bir qarang. Oʻnlab yillar oldin tutgan yoʻlni tark etdi. Bu (biz uchun) muhim va hayotiy masaladir. Abbos 14 yil oldin hokimiyatga kelganidan buyon, (Isroil) mojarosini harbiy yoki xavfsizlik tarzida emas, siyosiy tarzda boshqardi. Uchinchi intifada (qoʻzgʻalish) yuzaga kelishiga hech qachon ruxsat bermadi. Shu bilan birga u hech qanday siyosiy muvaffaqiyatga ham erisha olmadi”.

Isroilning sobiq xavfsizlik vaziri va jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Dikter: “Barcha partiyalar Abbos ketganidan keyin nima boʻlishini kutmoqdalar. Har bir (isroil)lik Abbos ketganidan keyin uning boshqaruv tizimi saqlanib qolishiga, va xavfsizlik koordinatsiyasi davom etishiga umid koʻzi bilan qaramoqda”.

(Isroil)ning Falastin hududidagi amaliyotlarning sobiq muvofiqlashtiruvchisi General Etan Dangot: “Tarix Abbosni katta oʻzgarishlarga yetakchilik qilgan lider sifatida eslamaydi. Shunga qaramay, u (Isroil) uchun juda mos insondir. Abbosning ketishi bilan vaziyat yanada jiddiyroq tus olishi koʻz oʻngiga keltirilganda, falastinliklar va (isroil)liklar mumkin boʻlgan barcha tssenariylarga tayyorlanmoqda”. Dangot Abbosning sanoqli kunlari qolganini taʼkidladi.

(Isroil)lik sharqshunos Mordechay Kedar: “Abbosning oxiri yaqinlashib bormoqda. Shu sababli baʼzi muhim savollar paydo boʻldi. Bu savollarning javoblari butun mintaqaga taʼsir qiladi. Bu savollar: Abbos ketsa nima boʻladi? Kim muvaffaqiyat qozonadi? Kelgusi lider Fath va Hamas oʻrtasidagi kelishuvga erisha oladimi? Uning “Isroil” bilan munosabati qanday boʻladi? Falastin maʼmuriyatining taqdiri nima boʻladi? Bu savollarning koʻpchiligi shu paytgacha javobsiz qolgani koʻrinib turibdi.

(Isroil)lik mashhur siyosiy tahlilchi Ming Casbet: “(Isroil) xavfsizlik doirasi Abbosni juda sogʻinishimizni aytishmoqda. Abbos Falastinlklarning Gʻarbiy sohildagi amaliyotlarini, hatto pichoqli hujumlarini oldini oladigan markazlashgan shaxslarga ega boʻlgan va shular yordamida koʻpchilik falastinliklarning bu amaliyoti toʻsib qolingan. Bu esa “Armiya” va (Isroil) razvedkasi jihatidan muhim nuqta. Shunday qilib, oliy darajadagi ofitserlar va generallar Abbosga qarshi baqir-chaqir qilgan siyosatni koʻrgach, ularga shunday javob berishdi: “Siz hali Abbosni juda sogʻinasiz”.

Turkiston: – “martabani qarang”. Allox saqlasin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.