Yevropa savdo komissiyasi Vashingtonni Yevropaga bosim oʻtkazishda aybladi

836
0

Yevropa savdo komissiyasi Vashingtonni Yevropaga bosim oʻtkazishda aybladi

 Evropa Ittifoqining savdo masalalari boʻyicha komissari Cecilia Malmstrom Qoʻshma Shtatlar Yevropaga bosim oʻtkazishga urinayotganligini bildirdi. Malmstrom bu haqida juma kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

 “Qoʻshma Shtatlar eksportni kamaytirish uchun bizga bosim oʻtkazishga urinmoqda. Ammo biz bu tahdidni aslo qabul qilmaymiz”, “Evropa Ittifoqi birlashgan ittifoqdir va har qanday tahdidga qarshi oʻz birligini saqlab qolaveradi”, dedi Voshingtonning poʻlat va alyuminiyga nisbatan cheklovlar joriy etganini nazarda tutgan komissar Malmstrom.

“Biz urushdan soʻng Qoʻshma Shtatlar bilan tashkilot tuzish va tinchlik oʻrnatish ustida ish olib bordik. Ammo bugunga kelib, ayniqsa, Eronga iqtisodiy jihatdan sanktsiyalar qoʻllash va bizning eksportlarimizga soliqlarni oshirish borasida qaror qabul qilingandan soʻng munosabatlarimiz zayiflashiib bormoqda”, “Evropa Ittifoqi jahon savdo tashkiloti qoidalariga rioya qilib kelyapti. Agar barcha taraflar jahon savdo tashkiloti qoidalariga rioya qilmasalar, bu masalani hal qilish uchun qonun aralashishi kerak boʻladi”, deya qoʻshimcha qildi komissar.

Shuningdek, Malmstromning taʼkidlashicha, kelajakda Qoʻshma Shtatlar avtomobillarga va kemalarga qoʻshimcha soliqlar yuklashi Yevropa Ittifoqini xavotirga solmoqda.

“Qoʻshma Shtatlarga alyuminiy va poʻlat eksport qiladigan davlatlar uchun ham bojxona soligʻi koʻtariladi. Shuning uchun men barcha davlatlarni jahon savdo tashkilotiga oʻz muammolarini koʻtarib chiqishga daʼvat etaman”, dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻtgan mart oyi boshida poʻlat uchun 25% va alyuminiy uchun 10% import soliqlarini oshirishini eʼlon qilgan edi. Shuningdek Tramp Yevropadan import boʻlib Qoʻshma Shtatlariga keladigan avtomobillarga ham soliqlar joriy etgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.