Bayden: Mintaqadagi davlatlar (Isroil) mustaqilligini tan olmaguncha tinchlik bo‘lmaydi

302
0

Bayden: Mintaqadagi davlatlar (Isroil) mustaqilligini tan olmaguncha tinchlik bo‘lmaydi

 AQSh prezidenti Jo Bayden matbuot anjumanida, mintaqadagi davlatlar (Isroil)ni yahud davlati sifatida mustaqilligini tan olmaguncha tinchlik bo‘lmasligini ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, (isroil)ga ko‘rsatib kelinayotgan xavfsizlik yordamlarida o‘zgarish bo‘lmaydi. So‘nggi 750 million dollarlik qurol-yaroq mintaqada demokratiyani rivojlantirishga sarflanadi.

 «Mintaqada ikki davlat echimiga ehtiyoj bor. Muammoning yagona echimi shu», – dedi Bayden.

 Aslida, yahud vujudining bosqinchilik harakatlari AQShning qo‘llab-quvvatlashi va mintaqadagi davlatlarga bosim o‘tkazishi sababli kuchayib kelmoqda. Baydenning «ikki davlat» echimi esa AQShning kelajakdagi orzusi hisoblanadi. Amerika hukumati tepasiga kelgan har bir ma’muriyat buni amalga oshirishga urinib keladi. Ushbu rejaga muvofiq, barcha arab va musulmon mamlakatlari yahud vujudini mustaqil davlat sifatida tan olishlari shart. Falastindagi ikkinchi davlat esa to‘liq qurolsizlangan bo‘lib unga, faqat ikki yo‘nalishda xavfsizlik choralariga ruxsat beriladi. Birinchisi, bu – ichki xavfsizlik (politsiya) masalalari. Ikkinchisi, shartli yo‘nalish bo‘lib, yahud vujudi xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Buning uchun Hamas va Jihod harakati, shuningdek, boshqa qurolli tashkilotlarni to‘rt yil ichida to‘liq qurolsizlantirishi va bu jarayon tashqi kuzatuvchilar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

 Amerika rejasiga muvofiq, Aqso masjidi – Iordaniya maqomini saqlash sharti bilan – yahudiylar xavfsizlik kuchlari nazoratida bo‘lib, u erda barcha odamlarga ibodat qilishga ruxsat beriladi. Birinchi navbatda yahudiylar uni o‘z ibodatxonasiga aylantirashadi. Shuningdek, yahudiy vujudi musulmonlarning ma’lum bir guruhiga u erda namoz o‘qishga ruxsat berish majburiyatini oladi. Bu guruhdagi musulmonlar «tinchlik bilan kelgan musulmonlar» bo‘ladi. Yahud vujudi esa «tartib buzuvchilar» deb hisoblagan odamlar, masalan, da’vat qilgan va dars berganlar masjidga kiritilmaydi. Shunday qilib, Amerika rejasida taklif qilingan «kelajakdagi Falastin davlati» davlat emas, hatto u davlat tushunchasiga yaqin ham kelmaydi.

 Mana shulardan keyin ham Falastin masalasini AQSh boshchiligidagi BMT kabi xalqaro tashkilotlar orqali hal etishga chaqirish, shunga intilish qo‘ylarni bo‘riga ishonib topshirishdan boshqa narsa emas. Bu musulmonlar imoniga sotqinlik hisoblanadi. Haqiqiy echim hech shubhasiz, Falastin xalqni qalqon bo‘lib himoya qiladigan, yahud vujudini tag-tomiri bilan mintaqadan sug‘urib tashlaydigan Xalifalik davlatini barpo etishdan iborat! 

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.