Britaniya mudofaa vaziri: Biz Tolibon bilan rasmiy muzokaralar oʻtkazishimiz kerak

878
0

Britaniya mudofaa vaziri: Biz Tolibon bilan rasmiy muzokaralar oʻtkazishimiz kerak

Britaniya Mudofaa Vaziri Gevin Uilьyamson Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun Britaniya hukumati Tolibon bilan rasmiy muzokaralar oʻtkazishi zarurligi haqida bayonot berdi. Vazirning bu bayonoti Afgʻonistonda AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari soninining oshirilishi ortidan yangradi.

“Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun Britaniya Tolibon bilan rasmiy muzokaralar olib borishi kerak”, dedi Afgʻonistonda uzoq muddatli yechimga erishish muhimligini taʼkidlagan Uilyamson

Britaniyada chiqadigan “Deyli telegraf” gazetasining xabariga koʻra, Uilyamson oʻz bayonotida Afgʻonistonda barqarorlikni saqlab qolish Buyuk Britaniya uchun muhim ekanini ishora qilgan. Uilyamsonga koʻra, joriy yil soʻngida Afgʻonistonda oʻtkaziladigan saylov tinch muhitda amalga oshirilishi uchun Britaniya ham javobgardir.

Tolibon harakati Britaniya xalqiga yoʻllagan bayonotida, ularga oʻz farzandlarini Afgʻonistondagi urushga yubormaslikni va himoyasiz afgʻonlar xalqi qonini toʻkishga izn bermaslikni tavsiya qilgan edi. Tolibon harakati bayonotida Ingliz xalqini, oʻz farzandlarining jonsiz tanalari yoki ularning ruhiy hasta holida Angliyaga qaytishlariga toʻsqinlik qilishga chaqirgan edi,.

Soʻngi olingan xabarlarga koʻra Tolibon harakatining matbuot boʻlimi Gʻazni viloyatining ikki tumani Xandaq amaliyoti davomida Tolibon harakati nazorati ostiga oʻtganligini maʼlum qilindi. Ayni paytda Tolibon harakati AQSh va koalitsiya kuchlari qoʻl ostida boʻlgan harbiy havo bazani egallab olanligi ham aytilmoqda. Afgʻoniston mudofaa vaziri soʻzchisi tolibon harakatining qoʻliga oʻtgan harbiy havo bazani qaytarib olish uchun yaqinda harbiy amaliyot boshlanishini bildirdi.

Shuningdek, Afgʻoniston Tolibon harakatining maʼlum qilishicha, mujohidlarning faoliyati ortidan Chahor Sada tumaniga qarashli Bagh Malmi, Ashlan va Taqman qishloqlarining 400dan ortiq oilaning aʼzosilari Tolibon harakatini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.