Ikki vazir Ukrainaga yordam berish zarur ekanligiga kelishib oldi

518
0

709668-300x147

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi bilan uchrashib Ukraina muammosini hal qilish uchun unga yordam berish zarurligiga kelishib olishdi. Bu haqida Lavrov 5 mart kuni Parijda AQShlik hamkasbi bilan uchrashganidan so’ng e’lon qildi.

“Jon Kerri Ukraina borasida muzokara o’tkazishga bog’liq ishonchli muhit yaratish zarurligini e’tirof etdi”, dedi Lavrov.

Sergey Lavrov Rossiyaning ittifoqdoshlari xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti orqali bir qancha ishlarni bajarayotganligi, ammo NATO va undan boshqa xalqaro tashkilotlarning muzokara muhitini paydo qilish uchun biror ish qilmaganligiga ishora qildi.

Suhbat chog’ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Polsha, Frantsiya, Germaniyaning tashqi ishlar vazirlari bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.

“G’arbdagi hamkorlarimiz bilan Ukrainadagi vaziyat haqida muzokarani davom ettirish haqida kelishib oldik”, dedi u.

Ukraina ustida AQSh, Rossiya va Yevropa o’zaro kurash olib borar ekan, bu haqida turli tahlil va taxminlar o’rtaga chiqdi. Hodisa yuzasidan berilgan savolga Hizbut Tahrir tarafidan keng va yorqin javob berilgan edi.

“Bu uch tarafdan hech biri Ukrainani butunlay o’z tomoniga tortib olishga qodir bo’lishi kutilmaydi. Loaqal yaqin kelajakda bu kutilmaydi. Aksincha o’zaro kelishib bir echimga kelishlari kutiladi”, deyiladi Hizbut Tahrir tarafidan berilgan javobning xulosasida.

Hozirda kechayotgan voqealarning rivoji ayni tahlilning teran fikr va chuqur izlanish ortidan berilganligini ko’rsatib turipti.

Hizbut Tahrir tarafidan berilgan javobning to’liq matni bilan quyidagi ssilka orqali tanishishingiz mumkin.

http://uz.hizb-turkiston.net/2014/03/02/%D1%81%D0%B0%D0%B2%D0%BE%D0%BB%D0%B3%D0%B0-%D0%B6%D0%B0%D0%B2%D0%BE%D0%B1-4/

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.