Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan AQShga boradi
Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donalьd Trampning taklifiga binoan 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda boʻladi.
Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Vashingtonda Mirziyoyev, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat prezidentlari “Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qoʻshma bayonotni imzolashi va turli sohalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamining qabul qilinishi kutilmoqda.