AQShning Tolibon harakati magʻlub eta olmayotgani haqidagi savolga javob

788
0
epa03116033 Afghans shout slogans during a protest against the alleged 'Koran burning' by US troops, in Jalalabad, Afghanistan, 22 February 2012. Thousands of Afghans protested for the second day the 'burning of the Koran' by NATO-led troops, officials and eyewitnesses said. Protests erupted in different parts of Kabul city and also in the eastern city of Jalalabad and the western city of Herat, Afghan officials said. On 20 February, foreign troops 'improperly disposed' of Islamic religious materials, including copies of the Koran, at the Bagram air base, according to the NATO-led coalition. EPA/BAZ MUHMMAD ABID

AQShning Tolibon harakati magʻlub eta olmayotgani haqidagi savolga javob

Savol: Assalomu alaykum  rohmatullohi  va  barokatuh!!!.

  AQSh harbiy jihatdan oʻta kuchli boʻlishiga qaramay, nima uchun Tolibon harakati ustidan gʻalaba qozona olmayapti, yoki oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun atayin Tolibonga imkoniyat yaratib beryaptimi?

Javob: Va alaykum assalom.

AQSh harbiy quvvati jihatdan dunyo boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. Uning yillik harbiy byudjeti, butun dunyo davlatlarinikidan ham koʻproqdir. Shunga qaramay, AQSh NATO tashkiloti va yana bir necha oʻnlagan davlatlar bilan birga koalitsiya tuzib, Afgʻonistonga bostirib kirdi va Tolibondan magʻlub boʻldi.

Harbiy tomondan olganda mantiqan bunday boʻlishi mumkin emas. Lekin Islom Ummatining koʻzga koʻrinmas, baʼzan oʻzi ham sezmaydigan quvvati bor. Bu quvvat yov bostirib kelganida yoki diniy asoslarga tajovuz boʻlayotganida yoxud kufr ochiqchasiga Islomga hujum qilib, haddidan oshganida namoyon boʻla boshlaydi. Shuningdek bu quvvat, Ummat birlashib, bitta tana singari uyusha boshlashida koʻrinadi. Kufr olami Ummatning xuddi mana shu uyushib ketish quvvatidan qoʻrqadi. Shuning uchun kufr sistemasi musulmonlarga tajovuz qilishlaridan avval, shu jihatning oldini olish maqsadida, musulmonlarni oʻzlarini aybdor qilib koʻrsatishga harakat qiladi. Masalan 11 sentyabr voqeʼasini atayin uyushtirgani kabi.

Demak, Afgʻonistonda AQSh  boshchiligidagi olamiy kufr koalitsialitsiyasi Tolibon harakatining kuchliligi sababli magʻlub boʻlgani yoʻq. Balki, Ummat Tolibon va boshqa mujohidlarni mazlum va sharʼiy hukmga muvofiq vatan himoyachilari deb oʻz bagʻriga olgani uchun, butun kufr olamiy sistemasi uni yenga olmadi! Yaʼni Tolibon yoki boshqa har qanday Islomiy harbiy tashkilotlar, sharʼiy hukmga muvofiq olib borayotgan harakatlari bilan albatta gʻolib boʻlishadi, agar ular Ummat quvvati bilan birlashib, harakat qilishsa!

Ummatning sharʼiy hukm atrofida birlashishi juda ulkan quvvatdir. Kufr olamiy boshqaruv sistemasi buni juda yaxshi anglaydi va Ummat oʻzidagi shu quvvatini anglab qolishidan qattiq qoʻrqadi! Shuning uchun ular, oʻzlarining magʻlubiyatlarini Tolibon yoki boshqa biror tashkilotdan deb ochiq eʼlon qilib, Ummatning mafkuraviy quvvatini uning oʻzidan va butun olamdan yashirishga harakat qilishadi. Ummatni birlashtiruvchi mabdaiy daʼvat olib borayotgan barcha siyosiy Islomiy harakatlarni “ekstremizm, terrorizm” deb, jamiyatdan chetlatishga harakat qiladi! Negaki, Ummat faqat Islomiy mabda atrofida birlashishi mumkin. Aks holda, u “Islomiy fikratni kufr tariqatlari orqali himoya qilish yoʻli bilan Islomni hayotga olib kelaman”, deb adashib yuraveradi!

Hozirda kufr olamiy sistemasi “ananaviy va moʻʼtadil Islom” degan atamalar bilan olib borayotgan loihasi boʻyicha, aynan oʻsha “Islomning kufr bilan uygʻunligi”ga chaqiruvchi yoʻnalishda ish olib boryapti. Ular Ummatni Islomiy fikratning ibodatga asoslangan bir qimsini kufr tariqati ostida himoya qilib qolishga rozi boʻlib yashashga chaqirishyapti. Bu masalaning sharʼiy va siyosiy tomonidir!

Tolibon yoki boshqa Islomiy tashkilotlar AQSh tomonidan atayin saqlanib yoki ularga imkoniyat berilib kelayotganiga kelsak, yuqorida aytilganidek, AQSh va xalqaro siyosat Islomiy olamiy mabdaiy harakatlar kuchayib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun ular Islomiy tariqatga bogʻlanib ish olib borayotgan mafkuraviy harakatlardan Ummatni chalgʻitish maqsadida, Islomni hayotga qaytarish tariqatini boshqa tariqatlarga burib yuborishni maqsad qilishmoqda. Suriyada ham xuddi shu ahvol, yaʼni kurash Islomiy mabdaiy tushunchalarga qarshi olib borilayotganini yashirish maqsadida, Islomiy jangchilarning moddiy quvvatiga gʻalaba nashidalarini inʼom qilishmoqda. Bu bilan ular Islomiy mafkuraviy quvvatni yashirib, gʻalabani faqat moddiy harbiy quvvatga nisbat berish bilan Ummatni mabdaiy uygʻonishdan chalgʻitmoqchi boʻlishyapti.

Demak, Tolibon singari Islomiy jihodiy boʻladimi yoki boshqa harakatlar boʻladimi, oʻz faoliyatini Islomiy sharʼiy hukm va tariqatga muvofiq olib borish bilangina muvoffaqqiyatga erisha olishadi. Ular orqalarida Ummat turishi bilangina bor boʻlib turishganini anglashlari kerak! Ummat esa barcha Islomiy harakatlarga Islomiy hayotni olib kelishga hissa koʻshayotgan jamoa deb umid nazari bilan qaraydi! Shuning uchun har bir Islomiy jamoa, haddidan oshmay, oʻziga yuklatilgan sharʼiy vazifalarini sharʼiy tariqatga muvofiq amalga oshirib borishi kerak. Aks holda Suriyada xalq tomonidan inkor qilingan va shu bilan hatto kofirlarga ham keraksiz boʻlib qolgan tashlandiq jamoalar singari holatga tushib qolishi hech narsa emas!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.