Vladimir Putin toʻrtinchi bor prezidentlikka kirishdi

745
0

Vladimir Putin toʻrtinchi bor prezidentlikka kirishdi

 “Gazeta.ru”ning xabar qilishicha, Rossiya xalqi prezident Vladimir Putinga shu yil mart oyida boʻlib oʻtgan saylovda yana bir bor ishonch bildirgan edi. 7 may kuni Vladimir Putin toʻrtinchi marta prezidentlikka kirishish marosimida ishtirok etib, xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

 Putin 18 yildan beri bosh vazir va prezident sifatida hukumat tepasida faoliyat yuritib kelayapti. Muxoliflar uni Rossiya imperiyasi davridagidek hukumatni boshqarayapti deya tanqid qilib kelmoqda.

 Rossiya yetakchisi bugungi inauguratsiya marosimidan keyin 6 yil mobaynida davlatni boshqaradi. U toʻrtinchi mavsumni prezident sifatida yakunlasa, davlatni chorak asr boshqargan boʻladi.

 Bugungi inauguratsiya marosimida Vladimir Putin Rossiya xalqiga saylovda ishonch bildirgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu ishonchni Putin “ulkan siyosiy kapital” deb nomladi va rossiyalikning turmushini yanada yaxshilash, davlatni rivojlantirishga vaʼda berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.