“Tolibon” Afgʻoniston-Tojikiston chegarasiga 7 ming jangarisini joylashtirdi

905
0

“Tolibon” Afgʻoniston-Tojikiston chegarasiga 7 ming jangarisini joylashtirdi

 Bu haqda Tojikiston Milliy  Havfsizlik Davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari qoʻmondoni Rajabali Rahmonali 2 may kuni VOMSA dasturining hayotga tatbiq etilganinga 15 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda maʼlum qildi.

 Uning soʻzlariga qaraganda, “Tolibon” harakatining 6  ming 825 nafar jangarisi  Afgʻoniston janubidan shimolga olib kelingan va hozir Balx, Qunduz, Taxor va Badaxshon viloyatlaridagi 29 ta mashgʻulot bazalarida turishibdi. Jangarilarning koʻpchiligini Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelganlar tashkil qiladi, deya taʼkidladi Rajabali Rahmonali.

 Afgʻoniston bilan 1400 kilometrlik chegaraga ega boʻlgan Tojikiston oʻzining janubiy chegaralarida qurolli guruhlarning toʻplanib borayotganidan xavotirga tushmoqda. Tojikiston rahbari Imomali Rahmon oʻtgan yilning 30 noyabr kuni Minskda boʻlib oʻtgan Kollektiv Xavfsizlik Tashkilotining kollektiv xavfsizlik Kengashi sessiyasida soʻzlagan nutqida hamkorlarga yana bir bor murojaat qilib, KXShTga aʼzo mamlakatlarning janubiy chegarasi hisoblanmish tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlashga yordam berishga chaqirgan edi.

 Tojikiston MHDQ chegara qoʻshinlari qoʻmondoni Rajabali Rahmonalining aytishicha afgʻon-tojik chegarasi birgina Tojikistonning bosh ogʻrigʻiga aylangan.U xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga mamlakatning janubiy chegaralarini mustahkamlashdagi yordamlari uchun minnadorchilik bildirdi va Tojikiston bu kabi yordamlarga yana muhtoj ekanligini taʼkidladi.  Rajabali Rahmonalining aytishicha, Tojikistonda 15 yil mobaynida VOMSA dasturni hayotga tadbiq etish davomida Afgʻoniston bilan chegaralarni mustahkamlashga 43 mln yevro ajratildi.

Turkiston:

Tolibon davlat maqomini olgan muayyan hudud bilan chegaralangan mamlakatga ega boʻlmagan islomiy harakat xolos. Ular oʻzlari uchun oʻzlari zamonaviy qurol aslaha tayyorlab olish quvvatiga ham ega emas. Demak ular tomonidan, farazan, Oʻrta Osiyo tomonga yurish qilish maqsadi paydo boʻlgan taqdirda ham, ular qaysidir boshqa, qurol ishlab chiqarish quvvatiga ega mamlakat yoki kuchlar tomonidan qurollantirilishi va muayyan maqsadlar sari yoʻnaltirilayotgan boʻlishlari kerak. Mabodo tojik tomonining vahimali maʼlumotlari toʻgʻri boʻlganida ham, Tojikiston mamlakatining xavfsizligini taʼminlash uchun Rossiyaning 201 harbiy bazasi joylashib olgan. U 2004 yildan buyon Tojikiston hududida turibdi. Deyarli biror marotaba samarali amaliyot qilgan emas. Endi, aytaylik, Tojik chegarasi yaqinida qandaydir Rossiya yoki Gʻarb davlatlarining oʻq otar qurollari bilan qurollangan noaniq toʻdalar paydo boʻlsa, oʻsha Rossiyaning 201 harbiy bazasi javobgarlikni oʻz zimmasiga olishlari kerak. Xalqni, musulmon fuqarolarni qoʻrquvga solishdan foyda yoʻq.

 Kufr olami Oʻrta Osiyoda navbatdagi qattiq bir silkinishga tayorgarlik koʻrishayotgandek harakat olib boryapti. Ular oʻzlariga moyil yetakchilarni oʻz atroflariga toʻplab olib, ular vositasida Oʻrta Osiyo mintaqasida borayotgan repressiyani yanada kuchaytirish orqali urush holatini paydo qilishmoqchi. Chunki Afgʻoniston vahimasi Oʻrta Osiyo mamlakatlarida davlat tomonidan musulmonlarga qarata repressiv harakatlarni yanada kuchaytirilishiga sharoit yaratib beradi. Bu esa davlat bilan musulmonlar oʻrtalaridagi jarlikni kengaytiradi. Natijada Afgʻonistondagi holat Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtishi uchun oʻta keskin vaziyat yuzaga keladi. Bu kabi xoin yetakchilarimiz kufr tomonidan oʻzlari uchun kafolat berilgan tinchlik, osoyishtalik uchun bila turib oʻz mamlakatlarini jar yoqasi tomon tortishyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.