Xitoy hukumati musulmonlarni choʻchqa goʻshti isteʼmol qilishga majbur qilmoqda
Xitoy Kommunistik partiyasining aʼzolari har oyda 2 kun yoki 5 kun uygʻur musulmonlarning uylarida, ushbu oilaning vakili sifatida yashaydi. Maqsad Sharqiy Turkistonlik musulmon uygʻurlarning hukumatga nisbatan sadoqatiga ishonch hosil qilish va ularning faoliyatini kuzatib borishdir. Bu haqida markazi AQShda joylashgan “Heritage” inson huquqlari tashkiloti maʼlum qildi. Bundan tashqari, Kommunistik Xitoy rejimi har bir uygʻur musulmonini ateizmga majburlash doirasida choʻchqa goʻshti yedirmoqda.
Xitoyda inson huquqlarini buzilishi borasida tashkil qilingan yigʻilish paytida tashkilotning asoschisi va prezidenti Bob Fu, aholisining koʻpchiligi musulmon boʻlgan Sharqiy Turkistonda Xitoy hukmatining bosimi yuqori darajada ekanligini qayd etdi.
“Kommunistik partiyasining vakillari musulmon uygʻurlarning hukumatga nisbatan sadoqatiga ishonch hosil qilish va ularning faoliyatini nazorat qilish uchun har oyda 2 kundan 5 kungacha uygʻur oilalarining uylarida qolishadi. “Islomiy ekstremizm” yoki “siyosiy muxolifat”ga aʼzolikda shubhalangan musulmonlar “fikrlashni oʻzgartirish markazlari”ga yuboriladi” dedi Fu.
Bob Funing maʼlum qilishicha, ushbu lagerlarga yuborilgan musulmonlarga majburan choʻchqa goʻshti yediriladi, hatto lager mahbuslarning qulolariga xos moslama taqilib, 24 soat davomida kommunistik partiyasi targʻiboti eshittiriladi. Hozirda u yerdagi musulmonlarining aksariyati aqliy salomatligini yoʻqotishgan.
AQSh Davlat departamentining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani bilan aloqalar boʻyicha boʻlimi rahbari Laura Stone Xitoyning Pekinda muntazam ravishda uygʻur turklariga qaratilgan davlat zulmini taʼrifladi. Stonega koʻra, Shinjon uygʻur avtonom mintaqasida oʻn minglagan musulmonlar hibsga olingani. Bu raqam millionga yetishi mumkin
“Siyosiy taʼlim” nazorati ostida amalga oshirilgan kollektiv qamoqqa olishlar inson huquqlariga zid ekanligini taʼkidlagan Stone, Xitoy hukumati bilan muloqot oʻrnatish orqali inson huquqlari buzilishlarini kamaytirishga urinayotganligini maʼlum qildi.