Jeenbekov hukumatni isteʼfoga chiqardi

835
0

Jeenbekov hukumatni isteʼfoga chiqardi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isaqov hukumatining isteʼfosi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Qaror payshanba kuni qabul qilindi.

 Farmonga koʻra, bosh vazir, bosh vazir oʻrinbosarlari lavozimini egallab turgan shaxslar, hukumat aʼzolari yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgunga qadar isteʼfoga chiqadi. Prezident farmoni darhol kuchga kirdi.

 Avvalroq Qirgʻiziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isaqov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik votumi bildirgandi. Parlament yigʻilishi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga ishonchsizlik bildirgan, faqat 5 kishi joriy hukumatni yoqlagan.

 Hukumatga ishonchsizlikni ifoda etish tashabbusi qirgʻiz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati (jami 120 deputat) tomonidan ilgari surilgan. Bu esa ushbu mavzuni parlamentda muhokamaga qoʻyish uchun yetarli boʻldi. Payshanba kuni parlamentning konstitutsion qonunchilik qoʻmitasi deputatlarning ushbu tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.