Ultra-pravoslav yahudiysi: Yahudiylar eng yaxshi kunlarini Xalifalik davlati soyasida yashadilar

1432
0

Ultra-pravoslav yahudiysi: Yahudiylar eng yaxshi kunlarini Xalifalik davlati soyasida yashadilar

(Isroil) janubida joylashgan Askalan (Ashkelon) sudi tomonidan chiqarilgan qaror mamlakatning 11,1 foizini tashkil qilgan ultra-pravoslav yahudiylarining gʻazabiga sabab boʻldi. Chunki sud mehmonxonada vafot etgan bir yarim oylik yosh bolani dafn etishdan avval ichini yorib,tekshiruvdan oʻtkazish (ichki aʼzolarini olib qolish) haqida qaror chiqardi.

Bu qarorga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan ultra-pravoslav yahudiylaridan biri Ben Tziyon Margil jurnalistlarga intervьyu berar ekan, (Isroil) hukumati dindor yahudiylarga ham, falastinliklarga ham zulm qilib kelayotganligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, yahudiylarning Usmonli Xalifalik davlati soyasida kechirgan kunlari ular uchun eng yaxshi kunlar boʻlgan.

“(Isroil) bizga ham, falastinliklarga ham zulm qilmoqda. Turklarning yana qaytib bu yerlarga kelishini istaymiz, yaʼni turklar (Isroil) davlati qurilishidan avval hukmron boʻlgani kabi bu yerlarga yana hukmronlik qilishini xohlaymiz. Chunki biz uchun eng yaxshisi mana shudir. Yahudiylar eng yaxshi kunlarini Usmonli davlati soyasida yashadilar. (Isroil) davlati dunyoviy davlat boʻlib, Tavrotga bogʻliq emas, diniy vazifalarni ado etishni istamaydi”, dedi Margil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.