Tramp kosmik qoʻshinlar yaratish bilan tahdid qilmoqda
AQSh prezidenti Donalьd Tramp mamlakatda qoʻshinlarning yangi turi – kosmik qoʻshinlar paydo boʻlishi haqida bayonot qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Mening kosmos boʻyicha milliy strategiyam, kosmik boʻshliqda xuddi yerda, havoda va suvda singari harbiy harakatlar amalga oshirilishini tan olmoqda. Bizda hatto kosmik kuchlar paydo boʻlishi mumkin… Biz havo kuchlariga egamiz, kosmik kuchlarni yaratamiz, quruqlikda va flot qoʻshinlarimiz boʻladi”,- deb aytgan Tramp Kaliforniyada chiqishi vaqtida.
Tramning soʻzlariga qaraganda, u avvaliga bu gʻoyani jiddiy qabul qilmagan, ammo keyinchalik bu ajoyib gʻoya degan xulosaga kelgan. “Balki biz buni amalga oshirishimiz kerak boʻlar. Bu amalga oshishi mumkin”,- degan Tramp.
Ilgariroq Pentagon va HHK vakillari yangi turdagi qoʻshinlarning yaratilishi gʻoyasiga qarshi chiqishgan edi. Ularning nuqtai-nazarida boʻlishi mumkin boʻlgan foyda keng koʻlamda amalga oshirilishi kerak boʻlgan tashkiliy oʻzgarishlarni oqlamas edi.
AQSh, xuddi boshqa mamlakatlar singari bosib olish va mudofaa qilish boʻyicha kosmik tizimlarini rivojlantirmoqda. Harbiy sputniklardan va (taxminga koʻra) sputniklarga qarshi harbiy potentsialidan tashqari, AQSh parvozlari oʻta mahfiylashtirilgan uchuvchisiz kosmik samolyotga ega.