Vashington Moskvani tinch aholini oʻldirganlikda aybladi

768
0

Vashington Moskvani tinch aholini oʻldirganlikda aybladi

AQSh maʼmuriyati Rossiya, Eron va Suriya rejimidan BMT Xavfsizlik Kengashining 2401-rezolyutsiyasiga amal qilishni talab qildi. Moskvani sharqiy Gʻutaning tinch aholisini oʻldirishda ayblagan Voshingtonga koʻra, Suriyaning Lazkiya shahridagi Humaymim havo bazasidan uchgan Rossiyaning samolyotlari Gʻuta shahrini vayron qilmoqda.

“Rossiya BMT homiyligida qabul qilingan sulh shartlarini eʼtiborga olmay, terrorizmga qarshi kurash bahonasida begunoh fuqarolarni oʻldirishni davom ettirmoqda. Suriya prezidenti Bashar Asad va uning tarafdorlari boʻlgan Moskva va Tehron BMT Xavfsizlik Kengashiniing 2401 sonli qaroriga amal qilishlari kerak. Shuningdek ular Sharqiy Gʻuta va uning atrofidagi harbiy harakatlarini toʻxtatishlari va taxminan 400 ming begunoh tinch aholi uchun insonparvarlik yordamni toʻsiqsiz yetkazib berishga ruxsat berishlari shart”, deyiladi Oq Uydan berilgan bayonotda.

Turkiston:

AQSh maʼmuriyati Suriyani doʻzaxga aylantirishni Rossiya, Eron va Asad rejimidan oʻzi talab qilib kelayotgan boʻlishiga qaramay, ularni gumanitar sulhga rioya qilmayotganlikda ayblab, oʻzini oqlashga urinmoqda. Aslida Rossiya kuchlari Suriyaga Amerikaning buyrugʻi bilan kirdi. Yaʼni Amerika Asad tarafida turib jang qilish vazifasini Rossiyaga yukladi. Chunki oʻzini qoʻzgʻolonchilar tarafdori qilib koʻrsatib kelgan Voshington ochiq suratda Asadning yonini olib jangga kirishi mumkin emas edi. Chunki bu uning haqiqiy basharasini ochib qoʻyardi. Shuning uchun u Rossiyaning siyosiy ongsizligidan foydalanib bu ishni uning zimmasiga yukladi. Ayni paytda oʻzini Rossiyaning qirgʻinlariga aloqasi yoʻq qilib koʻrsatishga urinmoqda. Maqsadi barcha razilliklarni Rossiya va Eronning zimmasiga yuklab, oʻzini oppoq qilib koʻrsatishdir.

Amerika Rossiyani ipsiz bogʻlab, oʻzining quroliga aylantirib oldi. Endi uni osonlikcha qoʻyib yubormaydi. Hozirgi paytda undan Islomga qarshi kurashda foydalanmoqda. Putin hukumati esa bugungi kunda AQShning talablariga bosh egishga majbur. Uning birdan-bir dardi prezident kursisini qoʻldan chiqarmaslik boʻlib qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.