Qozogʻiston terrorizmga qarshi kurashga 840 million dollar ajratadi

916
0

Qozogʻiston terrorizmga qarshi kurashga 840 million dollar ajratadi

  “Vlast.kz”ning xabar qilishicha, Qozogʻiston hukumati 6 mart kuni diniy ekstermizm va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha 2018-2022 yillarga moʻljallangan yangi davlat dasturini tasdiqladi. Respublika Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurgali Bilisbekov ushbu hujjatni Vazirlar mahkamasi majlisida taqdim qilar ekan, “dastur radikal qarashlarga ega shaxslarga, shuningdek, zoʻravon ekstremistik harakatlar va terrorizmga qarshi qaratilgani”ni aytib oʻtdi.

 “Dasturda 80ta tadbir oʻtkazilish koʻzda tutilgan boʻlib, ulardan 35tasi maxsus maqomga ega, ularni amalga oshirish uchun besh yil mobaynida 270 milliard tengedan ortiq ($840 mlndan ortiq) mablagʻ ajratish rejalashtirilgan”,- dedi Bilisbekov. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu mablagʻ “maxsus va huquqni muhofaza qilish organlarini zamonaviy texnikalar, qurol-yarogʻ va boshqa eng soʻnggi rusumdagi vositalar bilan jihozlash, profilaktika choralarini tashkil etish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari malakasini oshirishga” yoʻnaltiriladi.

 Uning aytishicha, “amalga oshirilgan ishlar samaradorligi darajasi maqsadli koʻrsatkich bilan ulchanadi, bunda radikal taʼsirga duchor boʻlgan shaxslar sonini yillik pasayish dinamikasi nazarda tutiladi”. Shunday qilib, qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida 2022 yilga qadar ekstremistik gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlagan qozogʻistonliklar soni 65 foizga kamayishi kutilmoqda. Terror xurujlarini bostirish, ularni bartaraf etish va oldini olish boʻyicha maxsus xizmatlarning tayyorgarlik darajasi esa 95 foizga oshirilishi kerak.

 Yangi davlat dasturi 2013-2017 yillarga moʻljallangan avalgi dasturning davomi boʻlib, natijalari hukumat majlisida muhokama qilindi.

 “Idoralararo munosabatlar va kontrrazvedka faoliyatlarini takomillashtirilishi 2013 yildan beri 38ta terrorchilik harakatlarini oldini olishga yordam berdi”,- deya qoʻshimcha qildi Bilisbekov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.