Xalqaro valyuta fondi Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 121 million dollar ajratdi

425
0

Xalqaro valyuta fondi Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 121 million dollar ajratdi

Sputnik axborot agentligi “RIA NOVOSTI” telekanaliga tayanib, XVF Qirg‘izistonga qariyb 121 million dollar ajratgani haqida xabar tarqatdi.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov XVFning boshqaruv kengashidan koronavirusga qarshi kurashda moliyaviy yordam berishlarini so‘ragan edi.
Fond QR koronavirus bilan kurashda 400 million dollar ziyon ko‘rishi mumkin ekani va xalqaro donor tashkilotlarni Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Muhosaba: Prezident ham, bosh vazir ham, fuqorolarga murojaat qilib, ularni vaziyatga ongli va to‘g‘ri tushunish bilan yondoshishga chaqirdi, odamlarni karantin va “favqulodda holat” shartlariga rioya qilish bilan o‘zlariga va hokimiyatga yordam berishga chaqirdi.
Har bir prezidentni qamab yoki quvib chiqarganimizdan keyin, uning boshqaruvi vaqtida mamlakatni ulkan tashqi qarzlarga solib ketgani, etkazgan iqtisodiy, siyosiy zararlari, fuqorolarga qilgan zulmlari haqida gapirib jar solamiz, ortlaridan sud qilib o‘zimizni oqlamoqchi bo‘lamiz!

Ey rahbarlar! Xalqning boshiga vabo kelgani sababli sizlarning tashabbusingiz bilan ular daromad keltiruvchi ish joylarini tark qilib, uylarida o‘tirishibdi. Ko‘pchilik kundalik daromadi bilan kun kechirar edi. Ular ham, karantin shartlariga rioya qilib uylarida sabr qilib o‘tirishibdi.

Koronavirusni ro‘kach qilib xalqaro donorlardan pul undirilyabdi. Odamlar boshiga kulfat kelib, mamlakat iqtisodiy inqiroz holatiga tushib borayotgan vaziyatdan foydalanib xalq uchun ajratilayotgan pullarni korruptsiya yo‘li bilan o‘zlashtirib olmanglar! Tashqi qarzlar hokimiyatga emas, mamlakat xalqining boshiga kulfat tushib, iqtisodiy harakatlar to‘xtab qolgani sababli berilyapti. Barcha tashqi qarzlarni qaytarish javobgarligi ham, xalqning gardanida.

Prezident va hokimiyat vakillariga qarata – qariyalar, etimlar, ayollarning xaqlarini emanglar! Qarzga olinayotgan bu xarajatlar aslida sizlarning iqtisodiy va siyosiy zaifliklaringiz tufayli olinayapti! Uyalinglar, omonatni himoya qilib, uni o‘z o‘rnida ishlatishni kafolatlanglar. Karantin yoki boshqa cheklovlarga biz rioya qildik, sizlar ham rioya qilinglar. Mamlakatni kufr olamiga qarzga botirib boraverishdan to‘xtanglar.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.