Erdogʻan: Bashar Asad qotildir

1458
0

Erdogʻan: Bashar Asad qotildir

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻan mamlakat janubida joylashgan Gaziantep viloyatida “Adolat va taraqqiyot partiyasi” tarafdorlari huzurida soʻzlagan maʼruzasida Suriya masalasiga toʻxtalib oʻtdi. U oʻz nutqi davomida suriyalik hamkasbi Bashar Asadga ogʻir soʻzlar bilan hujum qilar ekan, uni qotil, deb sifatadi.

“Odatiy va kimyoviy qurollar bilan qatl etilgan deyarli ikki million fuqarolarning oʻlimi uchun Suriya prezidenti javobgardir”, dedi prezident Erdogʻan.

Dunyoning Asad rejimi tarafida turishi va uni himoya qilishiga oʻz hayratini izhor qilgan Turkiya prezidenti, Turk hukumati hargiz adolatsizlik tarafida turmasligini va aslo zolimlarning yonini olmasligini, balki mazlumlarning huquqlarini himoya qilib, ularga yordam berishini alohida taʼkidladi.

Turkiston:

Ha, albatta Bashar Asad oʻz xalqini qatl etgan qotil va shafqatsiz terroristdir. Bunga shubha yoʻq. Lekin, ayni paytda, Suriya xalqini tinimsiz qatl etayotgan Vladimir Putin kim?! U ham qotil, terrorchi emasmi?! Putinning Asaddan farqi nimada?! Begunoh insonlarni Asad kabi yerdan emas, havodan qirgʻin qilishimi?! Axir rus uchoqlari bir kunning oʻzida yuzlagan yosh bolalar va ayollardan iborat tinch aholini qatl etmoqda-ku. Buni kim inkor eta oladi?! Putinning vahshiyliklariga butun dunyo guvoh boʻlib turibdi.

Biroq Erdogʻan uni doʻstim deb atamoqda. U bilan gohida uchrashib, gohida telefon orqali muzokaralar oʻtkazmoqda. Agar Erdogʻan Asadga qaratilgan soʻzlarida samimiy boʻlsa, uch yildan buyon Suriyadagi musulmonlarni qirgʻin qilib kelayotgan Putinni doʻstim deb, u bilan osh-qatiq boʻlmas edi. Shunday ekan, Erdoganning bu harakatlarini ochiq munofiqlikdan boshqa nima deb izohlash mumkin?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.