AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritishga vaʼda berdi

821
0

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritishga vaʼda berdi

 AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin Rossiyaga qarshi yangi cheklov choralari 30 kun davomida kiritilishini maʼlum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.

 “Biz barcha mavjud sanktsiyalarni bajaramiz va yangilarini kiritmoqdamiz”,- degan vazir.

 Yanvar oyi oxirida, AQSh Moliya vazirligi tomonidan “Kreml dokladi” deb nom berilgan hujjat eʼlon qilingan kunning ertasiga Mnuchin senat eshituvida ishtirok etgan. Yangi sanktsiyalar kiritilishi haqidagi savolga javob bergan Mnuchin aniq sanalarni aytmagan va oʻz taxminlarida juda ehtiyotkor boʻlishini, chunki “hali koʻp ish qilinishi lozimligini” taʼkidlagan.

 “Men sizlarga bu shu oy ichida sodir boʻladi, deya vaʼda berolmayman, lekin ishontirib aytamanki, biz buni imkonimiz boricha tez vaqtda, bir necha oy ichida – balki bir oy ichida amalga oshiramiz”,- degan Stiven Mnuchin.

 Rossiyaga qarshi yanada qatʼiy choralar haqidagi talabga javoban Mnuchin: “Sir emaski, biz hal qilishimiz lozim boʻlgan masalalar mavjud, va biz ularni sanktsiyalar yordamida hal qilmoqdamiz”,- degan.

 Hozirda AQSh Qrimdagi vaziyat, Donbassdagi ahvol va saylovlarga “aralashganlik” tufayli Rossiyaga nisbatan qator sanktsiyalarni qabul qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda yoxud ular qabul qilinib boʻlingan, deb yozgan RIA Novosti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.