Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh

2008
0

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh

 Etakchi kufr davlatlari “IShID” va boshqa jihodiy guruhlardan foydalanib, “mana Islomiy Xalifalik boʻlsa shunday zoʻrlik, zoʻravonlik boʻladi”, deb butun dunyoga Xalifalikni xavfli qilib koʻrsatmoqda. Baʼzida sizlar “Turkiston” saytida “Jihodiy guruhlarga esa kufr imkoniyat berib, chegaralardan toʻsiqlarsiz oʻtib ketishlari uchun karidor ochib berdi. Ayrim hollarda kufr urush maydonlarida ataylab ortga chekinib, qurol-yaroq omborlarini jihodiy guruhlarga tashlab ketdi. Bu orqali AQSh “IShID” va boshqa mujohidlardan Islomga qarshi foydalanib kelishyapti”, degan mazmunda aytib qolasizlar.

 Yaqinda mujohidlar toʻgʻrisida shunday deb yozdinglar: “Butun kufr olami birlashib kurashsa ham Suriyadagi jihodiy harakatlarga kuchi yetmayapti. Ularga qolsa barcha mujohidlarni qirib tashlashar edi…”

 Savol: Bugungi kunda kufr olami harbiy jihatdan oʻta kuchli, “IShID” yoki boshqa jihodiy guruhlarning esa davlati ham, armiyasi va qurol-yarogʻi ham yoʻq. Ular har turli oʻlkalardan yashirin ravishda, eplab Suriyaga yetib borib jang maydoniga chiqishyapti.

Kufr bugungi kunda harbiy jihatdan eng yuqori darajada kuchli boʻlib tursa ham nima uchun “IShID” va boshqa jihodiy guruhlarni butunlay qirib tashlamayapti?
Kufr “IShID” va boshqa jihodiy guruhlarni butunlay qirib tashlashga rostdan ham kuchi yetmaydimi? Agar kuchi yetsa u holda nima uchun “Butun kufr olami birlashib kurashsa ham Suriyadagi jihodiy harakatlarga kuchi yetmayapti”, deb aytyabsizlar?
Javob: Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh

Ha, kufr olami harbiy tomondan oʻta kuchli. Ular hatto butun islomiy oʻlkalardagi musulmonlarni qirib yuborishga ham qodir boʻlgan harbiy quvvatga ega. Lekin harbiy quvvatdan kuchliroq boʻlgan “jamoiy ruh” deb nomangan koʻrinmas quvvatlar bor. Masalan, Paygʻambarimiz sallollahu alayhi va sallam davrlarida kofirlar oz sonli va zayif musulmonlarni bira toʻla qirib yuborishga quvvatlari yetishiga qaramay, bunga jurʼat qila olishmadi.

 Hozirgi kunda mujohidlar va yana boshqa kufrga maʼqul kelmaydigan islomiy harakatlar mavjud, kufrga qoʻyib bersa ularni qirib yuborishga tayyor. Lekin u Islom olamidagi musulmonlarning jamoiy ruhidan qoʻrqadi. Masalan, bugungi kunda “moʻʼtadil Islom” nomi bilan kirib kelayotgan kufr loyihasiga jonidan qoʻrqqan bir qator ulamolar qoʻshilmoqda. Ularning deyarli hammasi eʼtiqodidan kelib chiqib, shu yoʻlni toʻgʻriligiga qanoat hosil qilgani uchun emas, balki shu yoʻlni tasdiqlash bilan joni va molini kufrdan saqlab qolish maqsadida qoʻshilmoqda. Ammo kufr hozir koʻchalarda birma-bir ayollarning hijoblarini yecha boshlasa, hatto moʻʼtadilchi yoki boshqa fosiq musulmon ham kufrning bu ishini maʼqullay olmaydi. Aksincha ularning bir qismi kufrga qarshi harakatga keladi.

 Demak, kufr olami musulmonlarning unga boʻlgan eʼtibori, munosabati va muomalasiga qarab, bosqinchilik yurishlarini shakllantiradi. Ular har bir Islom mamlakati uchun atayin biri biriga oʻxshamagan muomilalar va kurash uslublari loyihalarini chizib berishadi. Masalan, bir oʻlkada islomiy qadriyatlar gullab yashnaydi, boshqa bir oʻlkada xuddi shu musulmonlar uchun namoz roʻza hatto soqolga ham taqiq qoʻyiladi. Baʼzi oʻlkalarda kufr qoʻl ostidagi hukumatlarga qarshi jihodiy harakatlar tashkil qiladi, islomiy jihodiy tashkilotlar nomidan qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirishadi. Asosiy maqsadi bir tomonga yoʻnaltirilgan, yaʼni shu mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolar zehnida islomiy hizb va jamoalarga qarshi raʼyi ommni paydo qilishdir. Qachonki musulmonlar ongida mujohidlarga va ular bilan bir qatorda mafkuraviy harakatlarga qarshi jamoiy ruh paydo qila olsa, ana shundan keyin kufrga maʼqul boʻlmagan musulmonlarni qamoqqa ola boshlaydi, oʻldiradi va yana boshqa oʻziga manfaatli chora tadbirlarni amalga oshirishga kirishadi. Kufr olami musulmonlar zehnlarida kufrga moyillik, islomiy harakatlarga nisbatan esa salbiy munosabat paydo qilib olmay turib, Islom va musulmonlarga qarshi moddiy harakat olib bora olmaydi.

 Shuning uchun kufr sistemasi milliardlab dollar sarflab boʻlsa ham, oʻziga moyil boʻlgan “moʻʼtadil islom”chilar armiyasini saqlab kelyapti. Moʻʼtadilchilar oʻzlari bilgan yoki bilmagan hollarida millionlab musulmonlarni qirib yuborishlari uchun kufrga sharoit yaratib borishyapti. Kufrning asosiy maqsadlari bitta – oʻzining iflos, jirkanch va dahshatli harakatlariga nisbatan musulmonlarda rozilik hissini paydo qilib borish.

 Demak, kufr olami oʻziga maʼqul kelmaydigan islomiy hizb, tashkilot yoki jihodiy harakatlarni xohlagan paytda qirib yubora olmaydi. Ular olamiy insoniy va islomiy iymoniy muhitdan qoʻrqishadi va doim shu muhitni zaiflashtirish maqsadida bor quvvatlari bilan harakat qilib borishadi. Chunki Islom bilan kufr oʻrtasidagi mabdaiy kurash shaxslar yoki jamoalar oʻrtasida boryotgani yoʻq. Balki kurash mafkuralar (aqida asosida fikrlash), dunyoqarashlar oʻrtasida borayapti. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir islomiy jamoiy ruhni kuchaytirib borish uchun, islomiy raʼyi ommdan kelib chiqqan urfi ommni paydo qilish maqsadida, jamiyatlarda tinmay fikriy va siyosiy faoliyat olib boradi! Kufr olami ham oʻzining olamiy sistemasining asosiy quvvati bilan, faqat islomiy iymoniy muhitni sindirish maqsadida dunyo boʻylab kurash olib boradi! Olamiy islomiy iymoniy muhitni sindirmay turib kufr olami mujohidni ham, muhojir va boshqa islomiy shaxslarni oʻldirib, qadriyatlarimizni vayron qila olmaydi.

 “Butun kufr olami birlashib kurashsa ham Suriyadagi jihodiy harakatlarga kuchi yetmayapti” degan fikr ham yuqoridagi mulohazadan kelib chiqib aytilgan. Yaʼni, Suriyada xolis mudofaa jihodiy harakatlar ham mavjud. Mudofaa jihodi deb, kufr boskinchilari bostirib kirgan har bir yurtning aholisi tarafidan oʻz ahlini himoyasi uchun olib boriladigan kurashga aytiladi. Bu kurash quvvati bor erkaklar uchun sharʼiy vojibot boʻlganligi sababli, kufr olami hozirgacha ularning koʻp qismini oʻzi tomonga ogʻdira olmayapti. Butun dunyo birlashib ham ularni, Erdogan tayyorlab bergan koalitsion muxolif kuchlari singari hamkorlik qilishga koʻndira olishmadi. Bir necha oʻn marotaba Jeneva va Ostona shartnomasiga chaqirishmoqda. Rozi boʻlmaganliklari bois kufrning gʻazabi qaynab rus samolyotlari bilan qirgʻin uyushtirmoqda. Mamlakatni vayron qilib, millionga yaqin ayollar, yosh bolalarni qirib yuborishsa ham muzokaralari amalga oshmadi. Mana shuning uchun, “Butun dunyo birlashib ham Suriyadagi islomiy mafkuraviy quvvatni yenga olmadi”, deb baho berildi!

Assalamu alaykum.

 Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.