AQSh Iroqdagi qoʻshinlari sonini qisqartira boshladi
Iroq hukumati “IShID” ustidan gʻalaba qozongani haqida bayonot berganidan soʻng AQSh mazkur mamlakatdagi qoʻshinlari sonini qisqartira boshladi. Bu haqda Iroq hukumatining rasmiy vakili 5 fevral kuni maʼlum qildi.
Hukumat rasmiy vakili Saad al-Xaditining aytishicha, “jihodchi”larga qarshi kurash nihoyasiga yetdi va “shu sababli Amerikaning ishtiroki darajasi kamaytiriladi”.
Xaditining taʼkidlashicha qoʻshinlarni olib chiqish boshlangʻich bosqichda turibdi va ayni damda bu jarayon AQSh qoʻshinlarini toʻla olib chiqilishini anglatmaydi. Bu bayonotni AQSh boshchiligidagi kaolitsiya qoʻshinlarining Iroqdagi bazasida joylashgan gʻarblik pudratchilar ham tasdiqladi, ular AQSh oʻz qoʻshinlarini olib chiqa boshlagani haqida bayonot berishdi. Tarqatilgan xabarda aytilishicha, AQSh harbiy xizmatchilari, qurol-aslahalar va jihozlar Iroqdan Afgʻonistonga olib oʻtiladi.
Xabar qilinishicha,oʻtgan haftada oʻnlab amerikalik askarlar mamlakatni tark etgan. Qoʻshma Shtatlar 2014 yil avgustida Iroqdagi “jixodchi”larga qarshi ilk bor bomba zarbalarini bera boshladi, keyingi yillarda esa Iroqdagi harbiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlay boshlashdi, jumladan Iroqdagi ikkinchi shahar boʻlmish Mosulning qaytarilishiga yordam berishdi.
Noyabrь oyida Pentagon tomonidan eʼlon qilingan Hisobotda sentyabrь oyi oxirlarida Iroqda 8900 AQSh harbiy xizmatchisi borligi aytilgan edi.