Tramp Eron bilan kelishuv shartini maʼlum qildi

820
0

Tramp Eron bilan kelishuv shartini maʼlum qildi

 AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuv shartini maʼlum qildi. Unga koʻra Eron bilan turli shakllarda kelishuv imzolanishi mumkin, ammo har qanday vaziyatda ham shartnomaga koʻra Eronda yadro quroli boʻlmasligi shart.

 “Men uchun shartnoma qanday shaklda boʻlishining ahamiyati yoʻq. Balki biz ular bilan alohida kelisharmiz, balki hamma qoʻshilar. Ammo nima boʻlgan taqdirda ham bir natija boʻlishi shart: ularda yadro quroli boʻlmasligi kerak”, – dedi Tramp.

 Uning fikriga koʻra eronliklar AQSh bilan kelishuvni juda xohlashadi.

 “Ular ayni vaqtda tushib qolgan vaziyatdan xursand, deb oʻylamayman. Ularning iqtisodi butkul vayron boʻlgan”, – dedi bu borada Tramp.

 21 iyunda Tramp Eronga harbiy zarba berishni 10 daqiqa qolganda toʻxtatib qoʻyganini aytgan edi. Ammo oradan bir kun oʻtgach u gapidan qaytdi va shunchaki hujum vaqti ortga surilganini taʼkidladi.

 Izoh: Shubhasiz Eron bilan vujudga kelayotgan vahima va tahdidlar AQSh tomonidan uyushtirilmoqda. Mana shu vahima ortidan Amerika 2019 yil may oyi boshida zudlik bilan mintaqaga oʻzining askarlarini, samolyotlari va uchoq tashuvchi yirik kemasini yubordi va bunga ham Eron tahdidini roʻkach qildi. AQShning bundan koʻzlangan maqsadi musulmonlarning yahud vujudiga nistaban tobora ortib borayotgan nafratini bartaraf etib, yangi kurash maydoni ochishdir. Bu kurashda har doimgidek Eron AQSh uchun muhim rolni ijro qilib beradi.

 Bundan tashqari, AQSh bu vahima orqali jahon neft bozoridagi narxga taʼsir oʻtkazish orqali neft narxini oshirishmoqchi. Chunki neft narxining oshishi slanets neft qazib olish xarajatlariga mos keladi va bundan AQSh katta foyda koʻradi.

Abduraxmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.