Putin: Madrasalar bitiruvchilarining boshqa sohalarga ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim

858
0

Putin: Madrasalar bitiruvchilarining boshqa sohalarga ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin madrasalar bitiruvchilariga mos ish taklif qilib, ularning boshqa sohalarga ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozimligini aytdi.

 “Madrasalar bitiruvchilari boshqa sohalarga oʻtib ketmasliklari, kerakli joyga borib ishlashlari lozim”, deb aytgan Putin Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyev bilan uchrashuv vaqtida.

 Putin va Tataristonning amaldagi rahbari Rustam Minnixanov shifoxonada davolanayotgan Shaymiyevni yoʻqlashdi.

 Putin, shuningdek, islom taʼlim muassasalarining rivojlanayotganini taʼkidlab oʻtdi. Shaymiyevning aytishicha, ularda magistratura ham, aspirantura ham bor, talabalar toʻlaqonli oliy maʼlumot olishlari mumkin. “Qalb quvnaydi. Hammasi biz rejalashtirgandek ketmoqda: yaxshi kadrlar paydo boʻlmoqda. Albatta, bu loyihani yanada kengaytirish haqida oʻylab koʻramiz”, deb aytgan Putin.

 Turkiston:

Kufr namoyondalari oʻz manfaatlari yoʻlida, avval Islom olamidagi yetakchi islomiy shaxslarni oʻz tomonlariga ogʻdirib olish ishlarini olib borishadi! Buning uchun ular jamiyatni mafkuraviy (har bir ish harakatini islomiy aqida nuqtasiga bogʻlash va baho berish) dunyoqarashidan uzishadi va musulmonlarni dunyoviy manfaatlar bilan qiziqtirib, oxirat manfaatlaridan uzoqlashtirib olishadi. Oxirat manfaatlarini ustun qoʻyib, kufr nayranglariga unamayotgan musulmonlarga, “terrorist”,” ekstremist”, “radikal” deb nom berib, ularni jamiyatdan kuch bilan boʻlsa ham chetlatishga harakat qilishadi!

 Qirgʻizistonda ham masjid ulamolari atayin va maxsus programma asosida teologik tayyorlov kursi boʻyicha oʻqitilyapti. Maqsadlari, har bir imomimizni manqurtlarga aylantirib olish. Ular tuzib olmoqchi boʻlishayotgan “moʻʼtadil islom”chilar armiyasining vazifasi, kufrga unamagan musulmonlarga qarshi kurash boshlanganida, kufrning harakatlarini islomiy qalbaki usul fiqh hukumlari bilan qoʻllab borishdan iborat!

 Kufr albatta magʻlub boʻladi! Ularning hamkor va hamtovoqlari ham yuzi qaro boʻlib, ikki dunyo manfaatlaridan mahrum boʻlishadi! Biz esa birodarlar, kufr olami olib kirib kelayotgan ulkan tuzoqdan ehtiyot boʻlaylik! Omonatga hiyonat qilishda Allohdan qoʻrqaylik, zora Uning azobidan qutulib qolsak!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.