Quddus va musulmon rahbarlarning hiyonati

475
0

Assalomu alaykum Turkiston sayti xodimlari. Menda bir savol bor, iltimos shunga tiniq qilib javob bersanglar.

Savol: Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga arab va sobiq islomiy oʻlkalar kiradi. Bu rahbarlar kufr malaylari ekani aniq. D.Trampning Quddus boʻyicha chiqargan qaroriga qarshi chiqib, poytaxti sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini tan olishini eʼlon qilishdi. Bu ruvaybiza hokimlar oʻzlari kolonizatorlarga malay boʻla turib qanday qoʻrqmasdan bunday qarorga kelishdi?

 BMT ham AQSh taʼsiri ostidagi tashkilot deyiladi. U ham D.Trampning qarorini tan olmadi. BMT AQSh tuzgan tashkilot boʻla turib nimaga D.Tramning qarorini olamdagi davlatlar ovoz berish xulosasidan kelib chiqib tan olmadi. Yoki bu AQShning oldindan yozilgan senariysimi?

 Bu ikki siyosiy holatni tiniqrok qilib tushuntirib beringlar. Javob uchun oldindan rahmat.

 

Va alaykum assalom

Javob: Quddusni (Isroil) poytaxti sifatida tan olish boʻyicha eʼlon qilingan qaror Trampning fikri emas, balki AQShning olamiy strategiyasiga mos taktik harakati boʻldi. Hozir (Isroil)ni arab oʻlkalari toʻla tan olmaydi. Musulmonlar ham uni tan olishlik harom deb eʼtiqod qiladi. (Isroil) esa Falastinni deyarli bosib oldi. Demak, Trampning Quddus haqidagi gapi Arab oʻlkalari (Isroil)ni tan olishlarini tasdiqlab olish va shu kungacha (Isroil) bosib olgan yerlarni (Isroil)ga tegishli ekanini Islom yurtlariga tasdiqlatib olishga qaratilgan. Yaʼni Quddus (Isroil)ga tegishli emas degan mavzuning oʻzi notoʻgʻri. Bu (Isroil)ga Falastindan tortib olgan yerlarni uning haqqi ekanini tan olish bilan barobar.

Kufr olamiy sistemasi Tramp ogʻzi bilan koʻtarayotgan Quddus masalasi, minimum va maksimum manfaatlarni qoʻlga kiritishni maqsad qilgan. Minimum maqsadi – yuqorida aytilgan (Isroil)ni va u bosib olgan yerlar unga tegishli ekanini tan oldirib olish bilan cheklanib, Trampning soʻzlari inkor qilinganidek masalani yopib yuborish bilan ishni toʻxtatib qoʻyish. Maksimum maqsadlari – musulmonlarning munosabatlariga qarab, yaʼni musulmonlar sustlik qilishganida Tramp orqali koʻtargan mavzularni hayotda amalga oshirib yuborish!

Bu qaror orqali kufr olami musulmonlarni shuncha xorlashi, qatli omm qilishi va zulmlari oqibatidan biz qanchalar eʼtiqoddan zaiflashganimizni tekshirib koʻrishdi. Qaror musulmonlar tomonidan nafrat bilan kutib olinib, qarorga qarshi koʻplab islomiy oʻlkalarda norozilik namoyishlari boshlanib ketgach, Tramp koʻtargan Quddusni xor qilish masalasi xali ertaroq ekaniga iqror boʻlib, bu mavzuni vaqtincha yopib turishga qaror qilishdi.

Xulosa qilib aytsak, Turkiya, Arab birligi va boshqa kufr tuzib bergan barcha tashkilotlar kufrning manfaatiga paralell harakat olib borishdi. Kufr sistemasi olamda “mo’tadil islom” loyihasini koʻtaryapti. “Mo’tadil islom” kufrning barcha siyosiy harakatlariga eʼtibor berishdan qaytaradi. Musulmonlarni namoz, roʻza kabi ibodatlariga ruxsat berayotganidan kufrga shukur qilib yashashga chaqiradi. Demak, Falastinda Quddus masalasini koʻtarish bilan kufr “mo’tadillik”ni Ummat ichida qanchalik tomir ota olganini tekshirib koʻrmoqchi boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.