AQSh: Turkiyaga biz keltirayotgan foydani Eron bilan Rossiya keltira olmaydi

493
0

AQSh: Turkiyaga biz keltirayotgan foydani Eron bilan Rossiya keltira olmaydi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson “Uilson” markazida soʻzlagan “AQSh va Yevropa: Gʻarb ittifoqlarini mustahkamlash” nomli maʼruzasida Turkiyani NATO ittifoqdoshlarining umumiy mudofaasiga qattiq ahamiyat berishga chaqirdi. Tillersonning taʼkidlashicha, Turkiya AQShning NATOdagi muhim ittifoqdoshidir.

“Biz NATOdagi ittifoqdoshimiz sifatida Turkiyadan ittifoqning umumiy mudofaasini ustuvor qoʻyishini istaymiz. Gʻarb jamiyatlari Turk jamiyatiga taqdim etadigan iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni Eron va Rossiya taklif qila olmaydi”, dedi AQSh Davlat Kotibi.

Suriya va Iroqda Eronning “yomon” taʼsiri davom etayotganini bildirgan Tillerson AQSh Tehronga qarshi Yevropa oʻlkalarining qoʻllab-quvvatlashini kutayotganligiga eʼtibor qaratdi.

“Evropalik hamkorlarimizdan Eronning zararli qadamlariga qarshi biz bilan bir safda turishlarini xohlaymiz. Eron rejimi Gʻarb tamoyillariga mos kelmaydi. AQSh ham, Yevropa ham, oʻz quchogʻida yana bitta Shimoliy Koreya paydo boʻlishini istamaydi”, dedi Tillerson.

Tillerson oʻz nutqida Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning tahdidlariga qarshi Yevropaning xavfsizligini taʼminlashiga soʻz berdi. U Rossiyaning Ukrainadagi siyosatini tanqid qilib, “Biz ham, Yevropalik doʻstlarimiz ham, soʻnggi paytlarda Rossiyaning tahdidlarini sezib turibmiz. Shu sababli AQSh Yevropada mudofaa va ogohlikni kuchaytirdi”, deya qoʻshimcha qildi.

Boshqa tomondan Tillerson, barcha kelishmovchiliklarga qaramasdan, Suriyadagi ayrim sohalarda Rossiya bilan hamkorlik qilishi mumkinligini, xususan terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda umumiy manfaatlari borligini aytib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.