Putinning vakili Suriya muxolifatiga tahdid qildi

788
0

Putinning vakili Suriya muxolifatiga tahdid qildi

18 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Suriyaliklar orasida “Milliy muloqot anjumani” nomli uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Suriya boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentьev Qozogʻiston poytaxti Astanada boʻlib oʻtgan Suriya masalasi boʻyicha 7 tur uchrashuvdan soʻng tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Lavrentʼev Sochi anjumanida milliy birdamlik va oʻtish hukumati muhokama qilinishini bildirib, “ayniqsa konstitutsiyaviy islohotlar va parlament saylovlari juda muhim deb oʻylayiz”, deya urgʻu berdi. BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan ham uchrashganligini bildirgan Lavrentʼev “Mistura ham konstitutsiyaviy islohotlar va saylov masalasiga alohida eʼtibor qilishimizni aytgan edi”, deya qoʻshimcha qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan “Milliy muloqot” anjumanida ishtirok etish uchun taklif qilingan tashkilot va guruhlarning roʻyxatini eʼlon qildi. Muloqot asosan Suriya muxolifati vakillari bilan Suriya rejimi vakillari orasida boʻlib oʻtadi.

Biroq Rossiyaning Reyters axborot agentligi Suriya muxolifati oliy hayʼatining aʼzosi Muhammad Allushga tayanib xabar qilishicha, Suriya muxolifatining taniqli arboblari “Milliy muloqot” anjumanida ishtirok etmasliklarini bildirishgan. Buning ortidan Lavrentьev ularga qarshi tahdidli bayonot berdi.

Lavrentьev agar Suriya muxolifati “Milliy muloqot” anjumaniga ishtirok etmaydigan boʻlsa, “katta xavf” ostida qolib ketishini taʼkidlar ekan, ayni paytda anjumanda avvalgi shartlarini qoʻymaslikka ham chaqirdi.

“Suriya muxolifati bilan ishlashni davom ettiramiz. Muxolafat anjumanda ishtirok etmasa katta havf-xatar ostida va siyosiy jarayonning tashqarisida qolib ketishadi. Shuningdek, dastlabki shartlarni qoʻyishsa, bu bilan ularga choʻzilgan (tarafdor) qoʻllarni qaytarganligini koʻrsatgan boʻlishadi. Biz bunday boʻlishini istamaymiz”, dedi Lavrentьev.

Ammo Suriya rejimining vakillari Sochida tashkil qilinadigan anjumanda jon deb ishtirok etishlarini bidirdi. Ostonada Suriya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Bashar al-Jaʼfari Suriya rejimining “milliy dialog” anjumanida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

“Milliy muloqot anjumani – bu biz va doʻstimiz ruslar oʻrtasidagi doimiy muloqot va muvofiqlashtirish natijasidir. Biz bunday anjumanda ishtirok etishda koʻproq imkoniyat mavjudligini koʻrdik”, dedi Jaʼfariy.

“Biz Milliy muloqot k anjumanida ishtirok etish uchun tayyormiz. Ayniqsa Suriya Arab armiyasining ilgarilashi va terrorchilarning magʻlubiyatidan keyin bunga tayyormiz”, deya qoʻshimcha qildi u.

Turkiston:

Rossiya butun insoniyat oldida, jumladan Islom Ummati oldida Suriya musulmonlariga shart qoʻyib, tahdid qilyapti! U Suriyani deyarli yakson qilib yubordi! Endi ularni eʼtiqodlariga zid boʻlgan xiyonatga rozi boʻlishga majburlamoqchi! Harbiy harakatlarining barchasi ortidan yuqoridagi kabi eʼtiqodga zid bitim va talablarni ilgari suryapti. Rozi boʻlishmasa, harbiy qatliomni davom ettirish bilan yana tahdidlar qilyapti! Demak kufr olami rus uchoqlariga atayin erkinlik berish orqali musulmonlarning uylarini yakson qilib, bolalar va oddiy xalqni qatliom qilyapti, soʻng buning ortidan Suriya musulmonlaridan kufrga rozi boʻlishlarini va qotillarini oʻzlariga doʻst deb eʼlon qilishlarini talab qilishyapti! 

Bu Islom ummatining muammosi! Rossiya Suriyaga emas, Islom ummatining bir qismiga tahdid qilyapti! Bu qatliomlar mujohidlarga yoki kufr atamasi boʻlgan “terrorchilar”ga qarshi qaratilgan emas! Balki kufr olami Islom va musulmonlarga, ularning eʼtiqodiy, mabdaiy, mafkuraviy fikriy yetakchiligiga qarshi urush olib boryapti! Faqat mana shu tushunchalar ummatni gʻalabaga olib bora oladi!

Kufr olamiy sistemasi, ummat mana shu quvvatini his qilib qolishini oldini olish maqsadida oʻrtalarimizda sunʼiy chegaralar paydo qildi! Soʻng zehnlarimizda ham shu chegaralar mavjud boʻlib turishiga qanoat paydo qildi! Oxir oqibatida biz musulmonlar ummat degan birlikni yoʻqotdik! Har birimiz oʻzimizcha, kufr belgilab bergan hududning muammolari bilan oʻralashib qoldik! Natijada kufr olami bizlarni har birimizni alohida xorlay boshladi! Boshqalarimiz, sukut qildik yoki undan ham yomonroq ishga qoʻl urdik, yaʼni oʻz hududimizni himoya qilmoqchi boʻlib kufrga yordam koʻrsata boshladik!

Kufr mustamlakachilari har bir mamlakatchalarda shu kufrga moil va oʻz hududinigina himoya qilish asosiga qurilgan siyosiy doiralarni paydo qildi va ularni mahkam ushlab turibdi! Suriyada ana shu siyosiy doira buzilib, kufrga zid muhit yuzaga keldi. U yerda islomiy aloqalarni talab qilib, kufr bilan murosa qilishdan bosh tortadigan islomiy mafkura asosidagi yangi siyosiy doira kuchayib boryapti. Kufr olamini faqat mana shu siyosiy doira vahimaga solyapti! Oʻzlari paydo qilgan xoin yetakchi guruhlarni esa, yangi islomiy siyosiy doira qabul qilmayapti! Rossiyani vahimaga tushib, yana qirgʻin qilish bilan tahdid qilishga undayotgan narsa mana shu mafkuraviy vaziyatdir!

Demak biz ummat vakillari Suriyadagi muammoni oʻz muammomiz deb tushunmas ekanmiz, Islom va musulmonlarning xorligi tugamaydi! Olamiy kufr uyushmasiga qarshi faqat olamiy islomiy Ummatgina qarshi turib bera oladi! Suriyani olamiy kufr sistemasiga yakka tashlab berib, gʻalaba kutib xotirjam oʻtirish haromdir!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.