Putin: Turkiya va Eronning yordami bilan muvaffaqiyat qozondik

422
0

Putin: Turkiya va Eronning yordami bilan muvaffaqiyat qozondik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya va Eronning yordami bilan Idlibda va yana 3ta mintaqada “Xavfsiz mintaqa” tashkil qilinganligini bildirdi. Putin xalqaro hamjamiyatni urushdan keyin Suriyani yangidan qayta tiklash mavzusiga eʼtibor qaratishga chaqirar ekan, mintaqa davlatlari ham bu borada faol rol oʻynashlari kerakligini qoʻshimcha qildi.

“Mintaqa davlatlari ham bu borada Suriyadagi muassasalarini jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va qonunchilik muassasalarini mustahkamlash uchun faol rol oʻynashlari kerak”, dedi Putin.

Parlamentlararo ittifoq (PI)ning 137 bosh assambleyasi ochilishida soʻzga chiqqan Putin Astana muzokaralarida Turkiya va Eron bilan Suriyada xavfsiz toʻrtta mintaqa tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligini eslatib oʻtdi. Putinning taʼkidlashicha, Suriya hukumati va muxolifat oʻrtasida suhbat shartlari BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 sonli farmoniga muvofiq amalga oshgan.

“Qoʻyilgan qadamlar tufayli Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va terrorizmni (Islomni) bartaraf etish uchun yoʻl ochildi”, dedi Rossiya prezidenti.

Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish degan soʻzdan maqsad AQSh nazorati ostida Turkiya va Eron tarafidan Astanada imzolangan “Xavfsiz mintaqa” shartnomasi Idlib va ​​yana uch mintaqada amalga oshadigan holatga kelishi hamda bu mintaqalarni Islomiy talablar qoʻyayotgan guruhlardan tozalab, ilmoniy Asad rejimiga topshirishdir. Putinga koʻra, mana shunda Suriyaning hududiy yaxlitligi muhofaza qilingan boʻladi.

Shuningdek, Putin terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda ikki standartli harakat olib borishga ishora qilib, “Rossiya haqiqiy hamkorlik tarkibida terrorizmga qarshi kurashda davom etadi”, deya taʼkidlab oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.