Turkiya Idlibni Asadga topshirish amaliyotini boshladi

425
0

Turkiya Idlibni Asadga topshirish amaliyotini boshladi

Suriya muxolifatining qoʻlidagi eng muhim nuqtalardan biri boʻlgan Idlib masalasi Ostona uchrashuvida kun tartibiga kiritilgan edi. Uchrashuvda rejalashtirilgan “xavfsiz mintaqa yaratish” loyihasi muxolifat nazorati ostida boʻlgan Idlibni qulatish va Halab kabi uni Asad rejimiga topshirishni oʻz ichiga oladi.

Mazkur Ostona kelishuviga binoan Rossiya va Eron bilan birgalikda “Idlib amaliyoti”ni boshlagan Turkiya islomiy talablaridan voz kechmagan musulmonlarni Idlibdan tozalash va Idlibni Asad rejimiga topshirish amaliyotini boshladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan “Adolat va taraqqiyot” partiyasining 26 majlis yigʻilishida Idlib amaliyotiga izoh berar ekan, “askarlarimiz hanuz Idlibga kirmadi. Idlib amaliyoti hozirda Suriya ozod armiyasi tomonidan olib borilyapti. Rossiya kuchlari havodan, Turk qurolli kuchlari esa ichkaridan qoʻllab-quvvatlamoqda”, dedi.

Turkiya prezidenti turk qoʻshinlarining Idlibga kirishini davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish bilan izohladi. Erdogʻanga koʻra, Turkiya global va mintaqaviy muammolarga duch kelmoqda.

“Ichkaridan yoki tashqaridan mamlakatimizga tahdid mavjud boʻlsa, biz ularga “xush kelibsiz” demaymiz. Aksincha, ular harakatga kelgan paytda biz ularni tiyib qoʻyish imkoniyatiga egamiz. Buning uddasidan chiqsak kuchli Turkiya boʻlamiz. Hozirdan buning qadamlarini tashladik. Turkiya bilan yuzma-yuz kelayotgan yirik global va mintaqaviy muammolar soni ortib borayotganligi sababli bizning yukimiz ham ogʻirlashmoqda. Biz koʻproq ish qilishimiz kerak. 24 soat biz uchun yetarli emas. Suriyadagi xavfsizlik inqirozi ochiq-oydin koʻrinib turibdi”, dedi Erdogʻan.

Turk qoʻshinlari Idlibga kirishidan avval Turkiyadagi ommaviy axborot vositalari butun diqqat nazarini “Terrorchi PKK (Kurd ishchilar partiyasi)ga qarshi amaliyot”ga qarata boshladi. Agar Turkiyaning Idlib harbiy amaliyotidan koʻzlagan maqsadi terror koridorini yoʻq qilish boʻlsa, Turk qoʻshinlari davlat chegarasidagi 600km masofani nazorat qilayotgan PKK terrorchilariga qarshi harbiy amaliyot boshlashi kerak emasmi? Turkiya 30 yildan buyon qarshi kurashib kelayotgan PKK terrorchi tashkiloti dalvatning 911 kilometrlik chegarasidan 600 km chegara chizigʻini nazorat qilar ekan, Turk qoʻshinlarini “xavfsizlikni nazorat qilish” bahonasida Turkiyaga hech qanday xavf tugʻdirmaydigan Idlibga yoʻl olishini qanday izohlash mumkin?

Agar Erdogʻanning maqsadi Idlibni himoya qilish va u yerdagi terrorchilarga qarshi jang qilish boʻlsa, birinchi oʻrinda ruslarga qarshi jang eʼlon qilishi lozim. Chunki 2,5 million kishi tinch yashab kelayotgan Idlib shahrini portlatayotgan va aholisini qirgʻin qilayotgan Rossiya kuchlari ekanligini butun dunyo koʻrib turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.