Mьyanmadagi irqiy tozalash

849
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Mьyanmadagi irqiy tozalash

Musulmonlarga qarshi qatli omni toʻxtatish uchun ommaviy chaqiriq

Mana, yarim asrdan ziyod vaqt oʻtibdi hamki, Mьyanmaning bir boʻlagi boʻlgan Rakxayn viloyatida yashovchi asl yerlik musulmonlarga ikkinchi darajadagi fuqaro kabi muomala qilinib, ijtimoiy va siyosiy huquqlaridan mahrum etilib kelinmoqda. Davlat ayni mintaqada yashovchi musulmon aholini turmush qurish, yashash uchun bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa koʻchish kabi barcha maʼmuriy xizmatlardan mahrum qilgan. Soʻnggi vaqtda Mьyanma hukumati bu musulmonlarga qarshi oʻzining irqiy ajratish siyosatini yanada kuchaytirib, qatli om kampaniyasiga aylantirib yubordi. “Qirolicha Mariya” universitetining bir guruh professorlari ayni kampaniyani oʻzining rekord darajasiga yetdi, deya sifatladilar. Mьyanmadagi musulmonlar bunday vahshiyona muomalaga yolgʻiz Allohga ibodat qilganlari sababligina yoʻliqmoqdalar. Ularning misoli zolim podshoh tomonidan olovga uloqtirilgan Uhdud ashoblari kabidir:

 وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَن يُؤْمِنُوا بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيد

“Ular (moʻminlardan) faqat u (moʻmin)lar qudrat va maqtov egasi boʻlgan Allohga imon keltirganlari uchungina oʻch oldilar!” [Buruj 8]

Islom Ummati bu dahshatli hodisani hamdardlik bilan qabul qildi va Mьyanmadagi birodarlari haqiga duo qilishga va ularga moliyaviy yordam joʻnatishga shoshildi. Baʼzi hukmdorlar islomiy yurtlarga kelgan rohinga qochqinlarini qayta joylashtirishga chaqirdi va ayni taklifi xarajatlarini oʻzimiz koʻtaramiz, dedi. Hech shubha yoʻqki, Xoliq Subhanahu va Taolo musulmonlarni bitta Ummat ekanlarini bayon qilib, bir-birlariga yordam koʻrsatishlariga buyurdi. Shuning uchun duo qilish va infoq-ehson qilish rohinga birodarlarimizning yordam va himoya olish huquqlaridan sanaladi.

Ummatni himoya qilish:

Allohga duo qilish ibodatdir, infoq-ehson qilish musulmonning axloqidir. Biroq qatli om urushi orqali musulmonlar qoni daryo qilib oqizilayotgan paytda, bunday ulkan ozorga chek qoʻyish uchun jiddiy reja talab etiladi. Chunki xolis duo qilish, biz chaqirayotgan ishni amalga oshirish yoʻlida jiddiy harakat qilish oʻrnini bosolmaydi, masalan, Allohga rizq soʻrab duo qilishimiz, rizq topish yoʻlida mehnat qilish oʻrnini bosolmagani kabi. Masalan, Allohdan soliha muslima soʻrab duo qilishimiz, bizdan albatta uni surishtirib-topishga harakat qilishni talab qilgani kabi. Demak, Mьyanmadagi birodarlarimizga xolis duo qilib, ularga yordam yuborsak, bu ularga amaliy nusrat-yordam berish uchun jamoiy tarzda harakat qilish oʻrnini bosadimi?

Rohinga musulmonlarini – ayrim hukmdorlar talab qilayotganidek – qochqinlar sifatida joylashtirish Muhammad A Ummatiga loyiq ish emas. Axir Ummat insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat boʻlsa-yu, qanday qilib toʻxtovsiz musibatlar sababli boshpanasiz qochqin Ummatga aylanishi mumkin?!

Biz bunday daryo boʻlib oqizilayotgan qonni toʻxtatish uchun musulmon armiyalarga ey bizning armiyalar, deya murojaat qilamiz! Zero, bunday islomiy tarixning alamli sahifalarini yopishga birdan-bir qodir taraf faqat sizsiz. Misol uchun, Indoneziya qurolli kuchlari bu yoʻlda keskin pozitsiya egallashga qodirdir.

Bu armiyalarga yetishmayotgan narsa, xolis dono yetakchilikdir:

Ey armiyalar!

Mudom ustingizdan zoʻravonlik qilayotgan hukmdorlaringiz sizni oʻz zimmangizdagi burchingizni ado etishga yoʻl bermayotgan ekan, demak ularga itoat qilmasligingiz, balki ularni agʻdarib, oʻrniga Allohdan oʻzga hech kimdan qoʻrqmaydigan yetakchilarni olib kelishingiz kerak.

 أَلَا تُقَاتِلُونَ قَوْمًا نَكَثُوا أَيْمَانَهُمْ وَهَمُّوا بِإِخْرَاجِ الرَّسُولِ وَهُمْ بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ أَتَخْشَوْنَهُمْ فَاللَّهُ أَحَقُّ أَنْ تَخْشَوْهُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ

“(Ey moʻminlar), qasamlarini buzgan va Rosulullohni (Makkadan) qasddan chiqarib yuborgan hamda oʻzlari avval-boshda sizlarga qarshi (jang qilishni) boshlagan kimsalarga qarshi jang qilmaysizmi?! Ulardan qoʻrqasizmi, agar (haqiqiy) moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!” [Tavba 13]

Ey armiyalar!

Ertaga Robbingiz huzurida nomuslari toptalgan muslimalar haqida soʻralib qolsangiz, nima deb javob berasiz, axir, Alloh ularga yordam bera oladigan kuch-qudratni sizga bergan-ku?! U kunda unvon-mansabingiz ham, nishoningiz ham sizga aslo yordam bera olmaydi! Rahbaringiz Sizni Allohning amriga itoat qilmaslikka buyuryapti, siz Allohni qoʻyib, unga itoat qilyapsiz, xoʻsh, ertaga rahbaringiz sizni himoya qila oladimi?! Robbingiz bunday demoqda:

 وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

“Agar ular din yoʻlida sizdan yordam soʻrasalar, yordam berish zimmangizdadir” [Anfol 72]

Biz butun musulmonlarga murojaat qilamiz: qayerda boʻlmaylik, Mьyanmadagi birodarlarimizga yordam berish burchimizni ado etish uchun islomiy yurtlardagi siyosiy va harbiy rahbariyatlarga qattiq bosim qilaylik. Mudom bu rahbarlar Ummatni yordamsiz qoldirayotgan ekan, demak, armiyalarni birlashtiruvchi, yurtlarimizni ozod etuvchi, musulmon va gʻayrimusulmon xalqlarning daxlsiz qonlarini mudofaa qiluvchi roshid Xalifalikni barpo etish harakati atrofida birlashish har bir musulmonning vazifasidir.

Ey musulmonlar!

Oʻrtacha yechimlarga rozi boʻlib, musibat ketidan musibatlarga sukut qilib turavermaylik. Ustuvor vazifamiz, Hakim, Rohim Alloh vahi qilgan haqiqiy-toʻgʻri yechimni tatbiq qilishga shoshilishdir.

Ummat kuch-qudrati:

Rosululloh Adan rivoyat qilinadiki, Kaʼbani tavof etayotib, bunday dedilar:

“مَا أَطْيَبَكِ وَأَطْيَبَ رِيحَكِ مَا أَعْظَمَكِ وَأَعْظَمَ حُرْمَتَكِ وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَحُرْمَةُ الْمُؤْمِنِ أَعْظَمُ عِنْدَ اللهِ حُرْمَةً مِنْكِ مَالِهِ وَدَمِهِ وَأَنْ نَظُنَّ بِهِ إِلاَّ خَيْرًا”

“(Ey Kaʼba) Naqadar yaxshisan va naqadar xushboʻysan, naqadar buyuksan va sening daxlsizliging ham naqadar buyuk. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, moʻminning, uning moli va qonining daxlsizligi Alloh nazdida sening daxlsizligingdan buyukdir. Shuningdek, moʻmin xususida faqat yaxshilikni gumon qilishimiz ham sening daxlsizligingdan buyukdir”.

Darhaqiqat, Alloh ushbu Ummatni kuch-qudratli qilib, har bir musulmonning qoni daxlsizligini Baytulloh daxlsizligidan ham ulugʻ qildi, bas, shunday ekan, bizni shunday kuch-qudratli qilgan Allohga itoat qilishga shoshilmaymizmi?! Musulmon qonining daxlsizligiga va musulmonlar zamini daxlsizligiga qarshi sodir etilayotgan buzgʻunchilikni toʻxtatish uchun harakat qilmaymizmi?!

Keling, islomiy yurtimizda Xalifalik davlatini barpo etish uchun kechayu-kunduz harakat qilib, buning evaziga Oʻz bandalariga rahmli boʻlgan Xoliqimizdan ajr olish uchun bor kuchimizni sarflaylik!

 وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمِينَ مِنْ قَبْلُ وَفِي هَٰذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ

“Va Alloh (yoʻlida) haqiqiy jihod qilingiz! Uning Oʻzi sizlarni (shu muqaddas din uchun) sayladi va bu dinda sizlarga biror xaraj-tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dinini (yaʼni Islomni) ushlangiz. Toki (qiyomat kunida) Rosululloh sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa (barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh boʻlishingiz uchun (Allohning) Oʻzi sizlarni ilgari(gi muqaddas kitoblarida) ham mana shu (Qurʼonda) ham musulmonlar (yaʼni Oʻzining diniga boʻysunuvchilar) deb atadi” [Haj 78]

Hizb ut-Tahrir Kanada

25 zul-hijja 1439h

16 sentyabr 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.