Atambayev: Qoʻshnilarimiz oʻziga kelmasa, men boshqacha gaplashaman

819
0

Atambayev: Qoʻshnilarimiz oʻziga kelmasa, men boshqacha gaplashaman

 “Bir oy-bir yarim oy qoldi, hamda men agarda bizning qoʻshnilarimiz, qoʻshni rahbarlar oʻzlariga kelishmasa, koʻzlari ochilmasa, boshqacha gaplashaman”, – dedi Almazbek Atambayev davlat mukofotlarini topshirish marosimida soʻzlagan nutqida.

 “Men adolatli, halol hukumatning namunasini koʻrsatganimdan faxrlanaman. Va bunda menga Temir Jumaqodirov kabilar yordam berdi. Garchi oʻlim uni bizning safimizdan tortib olgan boʻlsa ham, biz olti milliondan ortiqmiz”, – dedi prezident.

 “Men butun eski elitani saylovlardan soʻng olib ketaman, lekin men qaytaman, ular esa yoʻq. Sababi hozirda odamlar boshqacha, hamda oʻzingiz koʻrdingiz: mening buyurtmam bilan uchta eng nufuzli kompaniya ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazdi. Agarda, boshida prezidentdan nomzodda 30, Bobonovda esa – 39 foiz boʻlgan boʻlsa, hozirgi paytda bizning nomzodimiz 40 foizdan koʻpga, Bobonovda esa – 20 foizga egadir. Bizning xalqimiz nima yaxshi ekanligini tushunib yetadi, ammo buning uchun oldin nima boʻlganini koʻrish kerak”, – dedi Almazbek Atambayev.

 Atambayev shuningdek, kimni qizdirilgan temir bilan jazolash kerakligi haqida ham aytib oʻtdi.

 “Men Bakiyev davrini qaytarishni istagan har qanday odam bilan oʻzim ish koʻraman. Kelajakda kim doʻstimiz, kim dushmanimiz ekanligini aniqlab olishimiz kerak boʻladi. Bizga mamlakatda algʻov-dalgʻovlik keltirib chiqarmoqchi boʻlgan odamlar kerakmi? Biz yetarlicha azob chekdik va qanchadan-qancha ajoyib fuqarolarimiz halok boʻldi”, – dedi davlat rahbari.

 “Olti yil ichida men, umid qilamanki, Qirgʻiziston fuqarolarining ishonchini qozonishga muvaffaq boʻldim. Bizda mahalliy boy olti yil mobaynida hech narsa qilinmaganligi, korruptsiya haqida gapirganida, bizning nomzodimiz aynan undan boshlashimiz kerakligini aytib, toʻgʻri ish qilmoqda! Ilgari mening koʻnglim yumshoq edi, soddadil edim… Bundaylarni qizdirilgan temir bilan jazolash kerak. Sizlarning joyingiz qamoqda!” – dedi Almazbek Atambayev.

Turkiston: 

Qirgʻizistonning siyosiy doirasi yanada tubanlashib boryapti. Ilgarigi siyosiy doira ham olamiy yetakchi davlatlarga tobe edi. Lekin ularda bu majburiy mustamlaka holatidan chiqishga intilib yashash ruhi bor edi. Atambayev oʻsha siyosiy doirani parchalab yubordi. Yangi shakillanib kelayotgani siyosiy elita esa, Rossiyaning davlat arboblari singari “oligarxlar”dan tuzilgan siyosatchilar qoʻliga oʻtib boryapti. Ular mamlakat siyosatini va iqtisodiy manfaatlarini tashqi yetakchi davlatlar ixtiyoriga topshirish bilan, davlat yetakchiligini qoʻlida ushlab qolmoqchi va shu orqali oʻz boyliklarini himoya qilmoqchi boʻlishyapti. Buning natijasida yurt manfaatlari, xalq va ummat boyliklari tashqi kufr davlatlarining ixtiyori va tasarrufi ostiga oʻtib ketyapti!

Qirgʻiz fuqorolarining yashash darajasi past ekanligi bois saylovlarda bu siyosatchilar ularni sotib olishyapti. Hokimiyat esa, oylik maoshi bilan kun koʻrayotgan ishchi fuqorolarga bosim oʻtkazib, ularni siquvga olyapti va organ kuchi bilan yoki adminstrativ bosim berish orqali ularni qoʻrqitib oʻziga ovoz berishga majbur qilyapti! Hokimiyat qanoti ostida milliarder boʻlib, boyib borayotgan “oligarx”lardan yirik koʻlamda xarajatlar talab qilib, saylovda odamlarning ovozlari sotib olinyapti! Tashqi kuchlarning ichki siyosatimizga aralashayotgani haqida gapirayotgan prezident Atambayev, oʻzining Rossiya prezidenti Putinga tavakkal qilayotganini ochiq namoyish qilib boryapti.

Kundan-kunga vaziyat oʻta keskin tus olib boryapti. Qirgʻiz hokimiyati saylovdan keyingi roʻy berishi mumkin boʻlgan oqibatlardan xavfsiray boshladi. Chunki ular har qanday yoʻllar bilan boʻlsa ham, oʻz nomzodi Jiyanbekovni prezidentlikka oʻtkazib yuborishmoqchi. Shuning uchun saylovdan keyingi vaziyatni oʻz nazorati ostida ushlab qolish maqsadida islomiy muhitni jumbushga keltirmoqchi boʻlib, Issiq koʻl viloyatidan 11 farzandning onasi, 12 farzandiga homilador qahramon onani Hizb ut-Tahrirga aʼzolikda gumon qilib 3 yilga qamab yubordi. Maqsadi islomiy jamoalar tomonidan keskin vaziyatlar paydo qilish orqali, saylov ortidan kutilayotgan bosh-boshdoqliklarga qarshi harbiy rejim paydo qilib olishdir. Albatta buning uchun ular bir necha qoʻporuv ishlarini ham rejalashtirishyapti. Chunki harbiy komendantlik holati jiddiy muammolar paydo boʻlishini talab qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.