Rossiya oʻz hududida AQSh OAVlari faoliyatini cheklashi mumkin

1227
0

Rossiya oʻz hududida AQSh OAVlari faoliyatini cheklashi mumkin

 AQSh tuzilmalari tomonidan Rossiya OAVlariga nisabatan “Misli koʻrilmagan va sababsiz bosim” koʻrsatilishiga javoban Rossiyada faoliyat yuritayotgan amerikalik jurnalistlarga nisbatan “xuddi shunday” cheklovlar joriy qilinadi, deb xabar qildi “Interfaks” nashriga hukumat vakili.

 “Ushbu cheklov Rossiyada faoliyat yuritayotgan barcha amerikalik jurnalistlarga tegishli boʻlishi mumkin”,- dedi suhbatdosh.

 AQSh demokratik partiyasi vakili Devid Sisilline Russia Today telekanalini “chet el agenti” sifatida roʻyxatdan oʻtkazish taklifi bilan chiqqan edi. Undan tashqari FRB “Sputnik” axborot agentligining sobiq xodimi Endryu Faynbergni soʻroq qilgan.

 “Rossiya OAVlariga nisbatan qoʻyilgan har bir qadam tengma-teng javobini topadi”,- dedi Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

 Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml rossiyalik jurnalistning FRB tomonidan soʻroq qilinishidan xavotirda ekanligini va ushbu holat AQShda tsenzura va OAVlar faoliyatini cheklashda jiddiy muammolar borligini koʻrsatishini aytdi.

 Peskovning soʻzlariga koʻra, Rossiyada chet el jurnalistlari tsenzura yordamida yoki xabarlar mazmuniga koʻra taʼqib qilinmaydi.

 “Undan tashqari chet el OAVlariga bizning OAVlar kabi mutlaq teng huquqlar berilgan. AQShdagi holat esa, bizni xavotirga solmoqda”,- dedi Peskov.

 Russia Today telekanali rahbari Margarita Simonьyan, oʻz navbatida ushbu choralar kanal faoliyatida maʼlum cheklovlarga va oxir oqibat kanal yopilishiga olib kelishi mumkinligini xabar qildi.

 “Bu esa hech bir tomon uchun foydali boʻlmaydi”,- dedi Simonьyan telekanal saytida.

Turkiston:

Rossiyada 2018 yilning 18 mart kuni preziden saylovi boʻlib oʻtadi. Bu safargi saylov Putinning rejimi uchun oʻta noqulay vaziyatlarga toʻgʻri kelyapti, mamlakatining iqtisodiy karaxt holati, xalqaro siyosatdagi tashqi olam bilan uzilib borayotgan inqiroziy ahvoli va shuningdek ichki siyosatidagi norozilik kayfiyati va hokazo.

AQSh Rossiyani asta-sekin xalqaro siyosiy maydondan surib chiqarmoqda. Uni, oʻziga qaram, siyosiy va iqtisodiy mustamlaka davlatga aylantirib borayapti. Rossiya, energetik xom ashyolarga tayangan zaif iqtisodi bilan, yadro quroliga ega katta musttamlaka davlatga aylanib borayapti.

Shuningdek u oʻzidagi ogʻir va yengil sanoatini deyarli yoʻqqa chiqarib, tashqi davlatlar sanoat tovarlari uchun katta bozorga aylanib boʻldi. Oqibatda rus xalqining yashash darajasi kritik nuqtalardan ham pasayib boryapti. Bu esa, fuqorolarining hokimiyatga, xossatan shu krizis holatining asosiy sababchisi boʻlgan Putinning rejimiga karshi nafratini kuchayib borishiga qulay sharoitlar yaratib berayapti. Shuning uchun rejim saylov oldidan payt poylab turgan Gʻarbparast matbuot sistemasini zaiflashtirib olmoqchi boʻlyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.