Makron: Yevropa Ittifoqi juda zaif, juda sekin va juda taʼsirsizdir

630
0

Makron: Yevropa Ittifoqi juda zaif, juda sekin va juda taʼsirsizdir

Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makron Yevropa Ittifoqi bugungi kunda juda zaif holatga tushib qolganligini tan oldi. “Evropa Ittifoqi bugun juda zaif, juda sekin va juda taʼsirsizdir”, dedi Makron Frantsiya poytaxti Parijda joylashgan Sorbonna universitetida qilgan nutqida. Makronning taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqining mustaqilligi, birligi, demokratik hayoti davom etishi va xalqlarning qoʻllab-quvvatlashi bilan qayta tiklanishi lozim.

Frantsiya prezidenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlarini ushbu masalalarni hal qilishga chaqirdi. Unga koʻra, 2019 yilda oʻtkaziladigan Yevroparlament saylovi oldidan bir roʻyxat tuzilishi va Yevroparlament deputatlarining yarimi ushbu roʻyxatga binoan saylanishi kerak.

Makron Yevropa Ittifoqi davlatlarini Xitoy va AQSh bilan raqobat qiladigan darajada dunyodagi iqtisodiy kuchga aylantirish va Yevropa davlatlarida ishsizlik darajasini kamaytirish lozimigini ham taʼkidlab oʻtdi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, hozirda Yevropada har besh kishidan biri ishsizdir.

Shuningdek, Frantsiya prezidenti xavfsizlik boʻyicha Yevropa Ittifoqi doirasida strategik umumiy madaniyat yoʻqligiga ishora qilib, umumiy harakat rejasi va xavfsizlik byudjetiga ehtiyoj mavjudligini bildirdi. Frantsuz armiyasiga boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelgan askarlarni jalb qilish mumkinligi haqida oʻz fikrini bildirgan Makron terrorizmga (Islomga) qarshi kurash masalasida ham Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oʻrtasida axborot oqimini taʼminlaydigan akademiya qurish zarurligini qayd etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.