“Rusgidro” Qirgʻiziston bilan sudlashmoqchi

806
0

“Rusgidro” Qirgʻiziston bilan sudlashmoqchi

 “RIA Novosti” tarqatgan xabarda aytilishicha,“Rusgidro” Qirgʻizistondagi Yuqori Norin GESi atrofidagi vaziyat tufayli sudga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Sharqiy Iqtisodiy forum-2017 anjumanida kompaniya rahbari Nikolay Shulьginov jurnalistlarga maʼlum qilgan.

 “Xalqaro arbitraj masalasida xalqaro konsulьtant qidirishni rejalashtirganmiz”,- degan Shulьginov.

 Maʼlumki, 2016 yili Qirgʻiziston Yuqori Norin GES kaskadi va Qambarota -1 GESi qurilishi boʻyicha Rossiya bilan erishilgan qoʻshma shartnomani  bekor qilgan edi. Respublika xududida toʻrtta GES kaskadi qurish moʻljallangan edi. Qurilish “Rusgidro” va “Elektricheskiye stantsii” davlat kompaniyasi bilan birgalikda olib borilishi lozim edi.

 Prezident Almazbek Atambayev  shu yilning iyul oyida bayonot berib, Rossiya tomoni bilan erishilgan bitimni buzganligidan sira afsuslanmasligini aytgan edi. Uning fikricha, “Rossiya kompaniyalari GES kaskadlarini qurishga harakat qilmagan va hatto Qambarota-1 GESini qurishni rejalashtirmagan”.

 “Rusgidro” esa bu ayblovlarni asossiz deb atagan edi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, xuquq soha asosida harakat qilayotganini va bitimda erishilgan qoidalar amalga oshmagan taqdirda loyihaga sarflagan  harajatlarni undirish yoʻlida oʻz xuquqlarini xalqaro arbitraj sudida himoya qilishini maʼlum qildi.

 Turkiston:

Nima boʻldi? Rossiya Qirgʻizistonni Oʻzbekistondan rashq qilyaptimi?!

Mirziyayev Qirgʻizistonda GESlar qurilishiga deyarli veto qoʻygandek bir qator kelishuvlar imzolab ketdi. Atambayev Oʻzbekiston bilan xuddi oʻzning mustamlakachi davlati singari muomala qildi. Balki Rossiyani gʻazablantirayotgan xodisa shu ikki prezidentlarning uchrashuv jarayoni va natijalari boʻlgandir!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.