Amerika va Frantsiyaning bir-biriga yaqinlashuvi nimani anglatadi

458
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Amerika va Frantsiyaning bir-biriga yaqinlashuvi nimani anglatadi

Savol: AQSh prezidenti Donalьd Tramp payshanba kuni Frantsiyaga qilgan soʻnggi tashrifi haqida yana gapirdi… (Tramp “Nьyu-York Tayms” gazetasi bilan boʻlgan suhbatda “Makron zakovatli, mumtoz, kuchli va qoʻlimdan siqishni yaxshi koʻradigan shaxsdir” dedi va yana qoʻshimcha qilib, “Odamlar U mening qoʻlimni qanchalik darajada siqishni xohlashini tasavvur ham qila olmaydilar” dedi). (Arabiyya dot net sayti, Vashington Frans press, 2017 yil 20 iyul). Prezident Tramp 2017 yil 13 iyulda Parijga tashrif buyurgan boʻlib, uni Frantsiyaning joriy prezidenti Makron tantanali kutib olgan edi. Ayni paytda sobiq prezident Olland Amerika prezidentidan norozi ekanini bildirdi. Shuningdek, Yevropa yetakchilari ham prezident Trampni koʻp tanqid qilishdi. Shunday ekan Amerika va Frantsiya bir-biriga yaqinlashishi nimani anglatadi? Trampning Parijga tashrifidan koʻzlangan maqsad nima? Bu tashrif xususan Frantsiya prezidenti Makron Amerika Frantsiyaning Suriyadagi yangi strategiyasi haqida gapirayotgan ekan, Suriyadagi vaziyatga teskari taʼsir qiladimi?

Javob: Trampning xalqaro siyosatda tusmollab ish tutishi eʼtiborni tortadigan darajada chigal natijalar bermoqda. Masalan Trampning NATO ittifoqidan kutayotgan sovgʻa (ittifoqdagi davlatlar toʻlaydigan pul) haqida bergan bayonotlari Amerika siyosatiga qarshi teskari reaktsiya berdi. Ularning eng mashhuri Berlin tomonidan boʻldi. Bundan tashqari Tramp saylov kampaniyasi davrida va 2017 yil 20 yanvarda prezidentlik lavozimiga oʻtirganidan keyin Yevropa Ittifoqiga boʻlgan adovatini yashirmadi. Shuningdek Britaniyaning Breksit nomli referendumini maqtadi va Amerikaning Bryusseldagi elchisi Yevropa Ittifoqi parchalanishga yaqin qolganini aytdi. Bundan tashqari Amerika Niderlandiya va Frantsiyadagi saylovlarda Yevroittifoqqa qarshi kuchlar gʻalaba qozonishini va Yevroittifoq 2017 yilda parchalanib ketishini aytdi. Mana shular sababli Yevropa Amerikaga qarshi pistirmada poyladi va Britaniya dominosining (Evroittifoqdan chiqishining) Niderlandiya va Frantsiyaga boʻlgan taʼsirini yoʻqotishda muvaffaqiyatga erishdi. Shunday qilib Yevropa oʻz ittifoqi parchalanib ketishi oldini oldi.

Tramp oʻzi chiqargan qarorlardan qaytishi xalqaro siyosatda tusmollab ish tutayotganini isbotlamoqda. Masalan U NATO ittifoqini eskirgan ittifoq deb atab, bu pozitsiyasidan oshkora qaytishi, iqlim oʻzgarishi borasidagi Parij shartnomasidan chiqib, soʻng yana u haqda soʻzlashuv taklif qilishi, Shimoliy Koreya bilan urush yoqasiga kelib, soʻng undan qaytishi, Xitoy haqida salbiy fikr bildirib, soʻng u bilan Shimoliy Koreya hujjatini qoʻlga kiritish uchun harakat qilishi, Suriya sohasida kuchli bayonotlar berib, soʻng ishlarni Ostona va Jenevada oʻz holiga tashlab qoʻyishi bularning barchasi Trampning oʻz qaroridan qaytishiga boʻlgan misollardir…

Shuningdek ichki tartibsizliklar, xususan saylovlarda uni Rossiya qoʻllab-quvvatlagani borasida muxolafat unga qarshi chiqishi masalasini olib qarasak, buning natijasida prezident va uning idorasidagi ayrim shaxslarning Rossiya bilan boʻlgan aloqalari Amerikada hassos masalaga aylandi. Bu vaziyat Rossiya-Amerika bitimini tuzishda prezidentga yordam bermadi va bitim orqaga surildi. Tramp Rossiya Prezidenti bilan 2017 yil 7 iyulda Germaniyaning Gamburg shahrida boʻlib oʻtgan G20 sammiti tashqarisida bir marta uchrashdi. Amerika Rossiya aloqalari kongress Rossiyaga qarshi yangi jazo choralarini qabul qilgan bir paytda boʻlgani yanada chigallikni oshirdi. Bunga qoʻshimcha Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi hisob-kitoblar Trampning ichkaridagi tangligini yanada kuchaytirdi. Bunda Trampning Amerika bilan Moskva oʻrtasidagi aloqalarni tuzatishda tang ahvolga tushib qolganini eslash kifoya…

Bularning barchasi Amerika va Yevropa ittifoqi oʻrtasida xalqaro siyosatda tebranishni vujudga keltirdi. Bu tebranish ushbu davlatlar manfaati va Amerika siyosatidagi yangi vaziyatdan foydalanishiga qarab baʼzida salbiy va baʼzida ijobiy natija berdi. Biz bu davlatlarning Tramp siyosatiga nisbatan tutgan pozitsiyasi haqida gapirib, soʻng Trampni Parijga taklif qilgan va uni tantanali suratda kutib olgan Frantsiya pozitsiyasi haqida quyida aytib oʻtamiz:

Britaniya haqida aytadigan boʻlsak, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 2017 yil 26 yanvarda Vashingtonga tashrif buyurishi va Vashington bilan tijoriy ittifoq tuzishga intilishi Yevroittifoqning boshqa davlatlariga undan chiqishiga qiziqtirish uchun namuna boʻldi. Shuningdek Britaniya Amerika bilan yaqin munosabatga kirishib, Tramp idorasini xursand qildi. Lekin Amerikaning Yevropa ittifoqi parchalanishi haqidagi orzulari soʻna boshlagach, yaʼni Niderlandiya va Frantsiya saylovlarida Yevropani qoʻllovchilar muvaffaqiyat topgach, Trampning Britaniyaga nisbatan ijobiy qarashi oʻzgardi.
Chunki Tramp Britaniya Yevropani parchalash ishiga yetakchilik qilishini xohlagan edi. Londonda yuz bergan Breksit Parij va Amsterdamda takrorlanmagach, Amerika Britaniyaning xalqaro manfaatlarini yulib ola boshladi, bu esa Londonga zarba berdi. Amerika malayi boʻlmish Sisiyni Britaniyaning Liviyadagi manfaatlariga qarshi Haftarni qoʻllab-quvvatlashiga undadi. Shuningdek Amerika oʻz malaylarini Britaniyaning arab va islomiy olamdagi torpedosi boʻlmish Qatarga qarshi zarba berishga undadi. Mana shu va boshqa sabablarga koʻra Britaniya siyosati barbod boʻldi va Amerikaga nisbatan ishonchini yoʻqotdi. Shuning uchun bir tomondan Amerika bolgʻasi ikkinchi tomondan oʻzi undan chiqish uchun soʻzlashuvlar oʻtkazayotgan Yevropa sandoni oʻrtasida qoldi. Britaniya bosh vaziri mana shunday shubhalar qarshisida muddatdan oldin saylovlar oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi, bu narsa hatto hukumat aʼzolariga ham tasodifiy ish boʻldi. 2017 yil 8 iyun saylovlarida oldindan rejalashtirilgan natijadan soʻng Britaniya Yevroittifoqdan chiqish yoki unga qaytish masalasida ikkilanib qoldi. Chunki saylovlar chiqishni qoʻllayotganlar ittifoqda qolishni qoʻllayotganlardan kam ekanini koʻrsatdi.

Bu yerda yana ham ahamiyatli taraf Rossiya tarafidir. Rossiya 2014 yil Qrimni oʻziga qoʻshib olib, Ukraina sharqida urush olovini yoqqanidan keyin, Yevropa yoʻnalishi Amerikanikiga hamohang edi. Shuningdek yevropaliklar Putinning Sharqiy Yevropa chegaralarini buzishi borasidagi havotirlari xususida Amerika Yevropa jazo-choralari bir-biriga mos edi. Lekin Tramp saylov kampaniyasi davridan beri bu jazo choralarini tanqid qilar va Rossiya bilan qaynoq aloqalar oʻrnatish haqida vaʼda berayotgan edi. Shu sababli Yevropa Amerikani Rossiyaning yangi koʻtarilishiga qarshi kurashish uchun yolgʻiz oʻzini tashlab qoʻydi.
Yevropa yetakchilari Amerika Obama davridayoq, xususan Suriya urushida ishtirok etganidan keyin Rossiyaning kuchayishiga yoʻl qoʻyib boʻlganini bilishar edi. Lekin Tramp xalqaro muammolarda Rossiya bilan boshqa ittifoq tuzmasligi haqida aytgan edi. Chunki bu Yevropaning xalqaro inqirozlarda rol oʻynash borasidagi orzularini puchga chiqarar edi.

Ammo Germaniyaning yoʻnalishi Amerikaning yangi siyosatiga qarshi kurashda jiddiy tus oldi. Amerikaning NATO davlatlarini tanqid qilishi Germaniyaga yoqmadi hamda Yevropa va Germaniya himoya masalalarida Amerika uchun qoʻrgʻon boʻlib qolishini maʼqullamadi. Shuningdek Amerikaning iqlim oʻzgarishi shartnomasidan chiqib ketishini qoralab, bu haqda yangi kelishuv tuzishdan bosh tortdi. Bundan tashqari Trampning Saudiya bilan tuzgan qurol-yarogʻ borasidagi kelishuvini tanqid qilib, uni mintaqada usiz yonayotgan olovga kerosin sepish deb baholadi. Frantsiyaning pozitsiyasi oʻzgarib qolgan boʻlsada u oʻz pozitsiyasida qattiq turdi. Germaniyaning Deutsche Welle radiosiga koʻra, Germaniya kantsleri Merkel Germaniyada boʻlib oʻtgan G20 sammitida Amerika prezidentiga nisbatan qattiqqoʻl pozitsiyada boʻlgan. Lekin Frantsiya prezidenti Trampning gʻazabini keltirmaslikka harakat qilgan. (Deutsche Welle 2017 yil 14 iyul). Qisqa qilib aytadigan boʻlsak Germaniya keng shaklda buyuk davlat boʻlish harakatini boshlab yuborgan. Bularning barchasi Amerikaning yangi siyosati natijasida roʻy bergan.
Endi Trampning Frantsiyaga tashrif buyurishi hamda Amerika va Frantsiya yaqinlashuvi, Frantsiya Amerika prezidentini 2017 yil 13 iyuldagi milliy bayramida ishtirok etishi uchun taklif qilishi, Amerikaning birinchi jahon urushida ishtirok etganiga yuz yil boʻlganini eslatishi va bu eskirgan voqea boʻlib, uning munosabati bilan cheklangan marosimlar oʻtkazilishini aytishi nimani anglatishi haqida soʻz yuritamiz… Amerika prezidenti Yevropa bilan boʻlgan aloqalarni keskinlashtirayotgan bir paytda Frantsiya uni milliy bayramida ishtirok etish uchun taklif qildi. Elaph News gazetasi yozishicha (Makron Tramp bilan boʻlgan telefon soʻzlashuvida uni uchinchi marta Frantsiyaga tashrif buyurishi va milliy bayramda ishtirok etishini taklif qilgan).
Makron Trampni birinchi marta may oyida Bryusselda boʻlib oʻtgan NATO sammiti chogʻida taklif qilgan. (Elaph gazetasi 2017 yil 28 may). Ikkinchi marta Germaniyada 2017 yil 7 iyulda boʻlib oʻtgan G20 sammitida taklif qilgan. Bunda Frantsiya prezidenti Makron Trampni iqlim oʻzgarishi shartnomasidan chiqqani sababli qattiq tanqid qilayotgan Yevropa yetakchilari orasida yakkalanib qolganini ham unuttirib yuboradigan darajada uni iliq qarshi oldi. Hatto Tramp oʻzi ham bunday muhitda uni taklif qilayotganidan sarosimaga tushib qoldi. (Tramp 2014 yil 195 davlat tomonidan imzolangan iqlim oʻzgarishi shartnomasidan chiqishga qaror qilgandan keyin bunday taklif olganidan “sarosima”ga tushib qolgani haqida aytdi). (Arabiyya 2017 yil 20 iyul).

Ammo Frantsiyaning bunday yangi yoʻnalishidan maqsadi haqida aytadigan boʻlsak, Frantsiya aslida Yevroittifoqdagi markaziy qutb boʻlib, Yevropa davlatlari ichida Trampni eng koʻp tanqid qilgan va Amerika Yevropa aloqalariga uning siyosati taʼsiridan koʻp xavotir qilgan davlat edi. Bu narsa nafaqat sobiq prezident Ollandga xos, balki joriy prezident Makron ham oʻzining prezidentlik kampaniyasi davridan yaqin kunlargacha ham uni qattiq tanqid qilayotgan edi. Frantsiyaning Amerikaga nisbatan xayrixohligi oxirgi haftalarda yuzaga chiqdi. Shunday ochiq darajada yuzaga chiqdiki, Makron Amerika prezidenti Trampni Frantsiyaga taklif qildi, uni tantanali kutib olib, katta ehtirom koʻrsatdi… Bu xayrixohlikning bir-biridan ahamiyati kam boʻlmagan ikki meʼyori mavjud:
Birinchi meʼyor, u Frantsiya xayrixohligining Suriya meʼyori bilan bogʻliqligi. Makron oldinroq Bashar oʻrniga boshqa qonuniy alьternativ koʻrmayotgani va barcha narsani oʻrniga qoʻyish uchun Basharni olib tashlash shart emasligini eʼlon qilgan edi… (Reyter, 2017 yil 21 iyun). Amerika prezidenti kelishidan oldin esa toʻla siyosiy yechimga yetish uchun Frantsiya Suriya haqidagi fikrini oʻzgartirdi, shuning uchun Basharni hokimiyatdan ketishi shart emas deb bilamiz… dedi. (Oʻrta Sharq, 2017 yil 13 iyul). Frantsiya ushbu pozitsiyasi bilan Suriyadagi aksar guruhlar va rejim kartasini ushlab turgan Amerikaga yaqinlasha boshladi. Bu yaqinlashishdan maqsad oʻzi anchadan beri intilayotgan Suriyada oʻziga munosib rolga ega boʻlish uchun edi… Frantsiya bunday rolga Amerika ruxsati bilangina ega boʻlishini biladi… Shuning uchun u Trampni tantanali kutib oldi va Basharni ketishini xohlamadi, chunki u Amerika Bashar oʻrniga yangi malayni tayin qilib olgandan keyingina ketkazishni xohlayotganini bilar edi. Shuning uchun Frantsiya hamkorlikka toʻsiq boʻladi deb, avvalgi pozitsiyasidan voz kechdi va terrorga qarshi kurashda Tramp chalayotgan musiqaga muvofiq kuylay boshladi… Shuning uchun prezident Emmanuelь Makron hamrohi Donalьd Tramp bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida shunday dedi: (Biz prezident Tramp bilan Iroq va Suriyada urushdan keyingi bosqich uchun yoʻl xaritasi tuzishga kelishib oldik. Makron payshanba kuni Parijda qoʻshimcha qilib shunday dedi: Amerika prezidenti bilan terrorga qarshi kurashda barcha kuchni sarflashga kelishib oldik…). ( Rusiyal yavm, 2017 yil 13 iyul).
Ammo ikkinchi meʼyor, Frantsiya Germaniya roli kuchayib borayotganidan xavotirda. Mana shu xavotir tufayli Germaniyaga eʼtiroz bildiryapti. Germaniya Trampni tanqid qilayotgan bir paytda Frantsiya uni maqtamoqda! Amerika prezidentining Parijga qilgan tashrifi nihoyasiga yetishi bilan Frantsiyaning BMTdagi elchisi Fransua Delattr shunday dedi: (Suriya borasida Parij taklif qilayotgan aloqa guruhi Xavfsizlik kengashiga aʼzo davlatlar va mintaqadagi faol jihatlarni oʻz ichiga olishi kerak. Diplomat juma kechqurun Xavfsizlik kengashi yopiq stol atrofidagi uchrashuviga yigʻilishidan oldin, matbuot vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda shunday dedi: Mazkur guruh “tinchlik oʻrnatishi va yoʻl xaritasini tayyorlashi kerak”. Frantsiya vakili yana shuni qoʻshimcha qildi: Hozir xalqaro hamjamiyat bir soʻzga kelishishi va yangi tashabbuslarni tark etishi lozim. Diplomat bu gapi bilan maxsus xalqaro elchi Steffan de Misturani qoʻllab-quvvatladi…). (Rusiyal yavm, 2017 yil 14 iyul).
Shunday qilib Frantsiya “Suriya borasida aloqa guruhini” tashkil qilmoqchi va bu guruh Xavfsizlik kengashining barcha aʼzolari va mintaqadagi faol tomonlarni oʻz ichiga olishini talab qilmoqda. Shuningdek oʻzi bilan munosabatda boʻlishlari uchun besh davlatga sezilarli tashabbus taqdim etmoqda. Boshqacha aytganda Germaniyani Xavfsizlik kengashi aʼzosi emas degan eʼtiborda mana shu roldan mahrum qilmoqchi. Bu narsa Frantsiyaning Germaniya kuchayishiga boʻlgan xavotirini va u uchun biror xalqaro rol boʻlishini xohlamayotganini fosh qilyapti…

Shunday qilib Trampning noaniq siyosati va xususan Frantsiyaga boʻlgan tashrifi Amerika bilan Yevropa oʻrtasida xalqaro siyosatda oʻzgarishni vujudga keltirdi. Hatto ayrim axborot vositalari bu tashrifni yangi xalqaro nizom debochasi deb hisoblashdi: (Britaniyada chiqadigan “Tayms” gazetasi Amerika prezidenti Trampning Frantsiya poytaxti Parijga boʻlgan tashrifini yangi xalqaro nizom debochasi deb hisobladi. Frantsiya prezidenti Makron Frantsiyani Amerika va Germaniya bilan yangi aloqalar sari yetaklamoqda dedi. Yana gazeta bildirishicha, Britaniya Yevroittifoqdan chiqib ketganidan soʻng Makron oʻzini bu ittifoqning yetakchisi sifatida koʻryapti. Gazetaning ifodalashicha Britaniya ittifoqdan chiqib ketganidan soʻng Yevropa oʻyin kartasi Frantsiya qoʻliga oʻtadi. Shuningdek gazeta bosh maqolasining xulosa qilishicha Yevropa Ittifoqi shunday tuzilganki na Frantsiya va na Germaniya unga tanho hukmron boʻla olmaydi. Bu ikki yurt bir-biriga adovat qilish zamonidan oʻtib ketgan boʻlib, Britaniya boʻlish boʻlmasligidan qatʼiy nazar Yevropani yetaklashda birgalikda harakat qilishdi. Lekin bugun ular yana bir-biriga zid yoʻnalishda ketmoqda. Frantsiya Makron yetakchiligi ostida Yevropani boshqarishni xohlayotgan boʻlsa, Germaniya Merkel yetakchiligi ostida Yevropani sogʻ va komil tarzda saqlashni xohlamoqda…). (Vafd gazetasi sayti, 2017 yil 14 iyul).
Lekin javobimizni yakunlar ekanmiz aytamizki: Frantsiyaning Suriya sahnasiga kirish haqidagi orzusi uzoqqa choʻzilmaydi va Amerikaning Suriya inqirozida tanho boʻlishni xohlayotgan pozitsiyasi bilan toʻqnashadi. Amerika Frantsiyaning Suriya yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatayotgan ayrim yumshoq munosabatlari Frantsiya va Germaniya oʻrtasidagi kurashni kuchaytirish uchun xolos. Chunki Amerika shunday qilsa ular Yevropa Ittifoqini parchalash uchun oʻzaro janjallashadi…
Ammo Frantsiyaning Germaniya kuchayib ketishidan qoʻrqishi haqiqiy qoʻrqinchdir. Chunki Germaniyadagi davlat asoslari Frantsiyadagi davlat asoslaridan ustun va bu tarixiy va geografik jihatdan maʼlum. Shuningdek Germaniya uni taʼsir qiluvchi xalqaro harbiy rol oʻynashidan qaytaradigan hamda faqat iqtisodiy nufuzga ega boʻlishgagina ruxsat beradigan ikkinchi jahon urushi majburiyatlaridan xalos boʻlayotgan ekan, Frantsiya qanchalik Amerikaga yaqinlashmasin Germaniya yana bir bor Frantsiyadan kuchli davlat boʻlib boʻy koʻrsatishi kutilmoqda.

Alloh Taolodan ularning oʻzaro adovatlarini shiddatli qilishini va oʻzlari yoqqan olovda oʻzlarini yondirishini soʻraymiz. Alloh Taolo aytadi:

“Ulardan avvalgi (kofir) kimsalar ham (oʻz paygʻambarlariga mana shunga oʻxshash) makr-hiylalar qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr-hiyla) binolarini tag-tugi bilan yemirib tashladi, bas, ular (toʻqib olgan yolgʻon bino-tuzumlari)ning tomi oʻzlarining ustiga quladi va ularga oʻzlari sezmagan-kutmagan tarafdan azob-halokat keldi”  [Nahl 26]

Shuningdek yaqinda Islomiy davlat ularning yurtlariga kirib borishini, olamga yaxshilik yoyishini va Rosululloh Aning soʻzlari roʻyobga chiqishini soʻraymiz. Rosululloh A aytadi:

“لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ، وَلاَ يَتْرُكُ اللَّهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ, عِزًّا يُعِزُّ اللَّهُ دِينَ الْإِسْلَامِ, وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ”

“Bu ish kecha va kunduz yetib borgan joygacha yetib boradi. Alloh bironta ham oʻtrogʻu koʻchmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi”. Imom Ahmad oʻzining masnadida Tamim Doriydan chiqargan, Bayhaqiy Sunan kitobida chiqargan, Hokim mustadrakda chiqargan. Bu ish Allohning yordami va tavfiqi bilan roʻyobga chiqadi va bu ish Alloh uchun qiyin emas.

29 shavvol 1438

23 iyul 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.