Oʻzbekiston bosh vaziri Qirgʻizistonga tashrif buyuradi

850
0
Ðîññèÿ. Ìîñêâà. 28 ìàðòà 2017. Ïðåìüåð-ìèíèñòð Óçáåêèñòàíà Àáäóëëà Àðèïîâ è ïðåìüåð-ìèíèñòð ÐÔ Äìèòðèé Ìåäâåäåâ (ñëåâà íàïðàâî) âî âðåìÿ âñòðå÷è â Äîìå ïðèåìîâ ïðàâèòåëüñòâà íà Âîçäâèæåíêå. Äìèòðèé Àñòàõîâ/ïðåññ-ñëóæáà ïðàâèòåëüñòâà ÐÔ/ÒÀÑÑ

Oʻzbekiston bosh vaziri Qirgʻizistonga tashrif buyuradi

 Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻizistonga amaliy tashrif bilan keladi.

 Aripov Choʻlpon-Otada 15-17 avgust kunlari boʻlib oʻtadigan hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yigʻilishlarida qatnashish uchun ushbu davlatga tashrif buyuradi.

 Taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov oʻzbek hamkasbi bilan telefon orqali muloqot oʻtkazgan. Vazirlar Mahkamalari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya va oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yigʻilishlariga tayyorgarlik jarayonini muhokama etishgan.

 “Siz va Oʻzbekiston delegatsiyasini Qirgʻizistonda koʻrishdan xursand boʻlamiz”,- deya taʼkidlab oʻtgan Jeenbekov.

 Aripov Qirgʻizistonda joriy yilning oktyabrida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazishga tayyorlikni tasdiqladi. Shuningdek, u Qirgʻiziston tomoniga 3 avgust kuni Issiqkoʻl viloyati hududida avtofalokatga uchragan oʻzbekistonlik fuqarolarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatilgani uchun minnatdorlik bildirgan.

 Oʻz navbatida, Jeenbekov Oʻzbekistonga Oʻshda 630 oʻrinli umumtaʼlim maktabini qurish haqidagi qaror uchun minnatdorlik izhor qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.