Misrda hibsga olingan Uygʻur talabalarni Xitoy politsiyasi soʻroq qilmoqda

936
0

Misrda hibsga olingan Uygʻur talabalarni Xitoy politsiyasi soʻroq qilmoqda

Misrda uch hafta oldin Uygʻur milatiga mansub yuzlagan musulmonlar hibsga olina boshlangan edi. Xitoy hukumatining talabi bilan Misr politsiyasi uygʻurlarni uylaridan, koʻcha-koʻylardan, ish joylaridan va ayniqsa diniy taʼlim dargohlaridan yigʻib keta boshladi.

Al-Azhar Islomiy universitetidan olib ketilgan uygʻur talabalari boshlariga qora qoplar kiygizilib, Xitoy politsiyasi tomonidan soʻroq qilinayotgani aytilmoqda. Bu haqida Uygʻur tilida xabar tarqatadigan “Osiyo ovozi” radiosi maʼlum qildi. Radioning talabalardan biriga tayanib xabar qilishicha, hozirda Sharqiy Turkistonik talabalar Tarra, Aqrab, Burjul kabi qamoqxonalarda saqlanmoqda. Bu joylar arab olamida ogʻir sharoitlari bilan mashhur boʻgan qamoqxonalardir.

Xabarda aytilishicha, hibsga olingan talabalardan biri qamoqxona xodimlaridan birining telefoni orqali Uygʻur tilida xabar tarqatadigan “Osiyo ovozi” radiosi bilan bogʻlanib, Xitoy politsiyasi uygʻurlarni boshlariga qora qoplar kiygizib soʻroq qilayotgani va tergovlar ogʻir sharoitlarda olib borilayotganini aytgan. Shuningdek, u hibsga olingan uygʻur talabalarga kuniga bir marta taom berilayotgani, havoning oʻta issiqligi va sharoitlar ogʻirligi sababli koʻpchilik talabalarning tobi qochib qolganligini ham maʼlum qilgan. Bundan tashqari ular orasida qozoq talabalar ham borligini va qozoqlar uygʻurlar bilan boʻlgan aloqalari haqida soʻroqqa tutilayotganligini bildirgan.

Shu vaqtgacha Misr qamoqxonalaridan ozod qilingan Uygʻur talaba haqida matbuotda biror xabar chiqmadi. Talabalar bilan uchrashish uchun biror bir advokat yoki inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga ruxsat berilmayapti. Xitoy pasportiga ega Al-Azhar talabalariga nisbatan hibsga olishlar davom etar ekan, hozirgacha Misr hukumati tarafidan talabalarning taqdiriga oid biror bayonot berilgan emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.