Raqqada “jimgina” qatliom amalga oshirilmoqda

387
0

Raqqada “jimgina” qatliom amalga oshirilmoqda

AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Rakkada besh marta fosfor bombasi bilan havo hujumi uyushtirdi. Xabarlarda aytilishicha, seshanba kechasi uyushtirilgan hujumda Rakkaning tinch fuqarolari yashayotgan mahallalari nishonga olingan. AQShning tinch aholi ustiga oq fosfor yogʻdirganining tasvirlari mahalliy manbalar tarafidan ham tarqatildi.

Undan bir kun avval, yaʼni dushanba kuni AQSh amalga oshirgan fosfor bombasi hujumi ham bir qancha tinch aholi vakillari, shu jumladan ayollar va bolalarning oʻlimiga sabab boʻlgan edi. Nomiga boʻlsa ham, inson huquqlarini himoya qiluvchi Hyuman Rayts votch tashkiloti soʻngi murojaatlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarini fosfor bombalaridan foydalanishni bas qilishga chaqirdi.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari havodan musulmonlar ustiga ajal urugʻlarini sochar ekan, quruqlikdan esa, AQShning madadiga tayangan PYD jangchilari qirgʻin olib boryapti. Fosfor bombasi ortida ochilgan karidordan kirib borayotgan YGP kuchlari har bir uyda birma-bir kirib insonlarni qiynoqlarga solmoqda, koʻchalarning oʻrtasida har turli vahshiyliklar bilan qatl etmoqda. Baʼzi insonlarni avtomobillarda sudrab oʻldirayotgan boʻlsa, baʼzilarini yuqoridan pastga tashlab oʻldiryapti. Yana baʼzilarini suvlarga oqizmoqda. Xullas koʻngillari tusagan uslub bilan qirgʻinlarni amalga oshirishmoqda. Uar IShID bahonasida amalga oshirayotgan qirgʻinlardan hatto yosh  bolalar ham omon qolmayapti. Ammo bu qirgʻinlar haqida ommaviy axborot vositalari sukut saqlashmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.