MXDQ: terakt oldi olindi

401
0

MXDQ: terakt oldi olindi

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining xabar qilishicha, respublika hududida sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldi olindi. Qoʻmita matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, qoʻporuvchilardan portlovchi qurilmalar tortib olingan.

 “Oʻsh viloyati Qorasuv tumani hududida terrorchilik akti sodir etishga tayyorlangan shaxs ushlandi. U xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzosi boʻlib, uning uyi tintuv qilinganda, 8 kg ogʻirlikdagi portlovchi moddalar topilgan”,- deyilgan xabarda.

 Musodara qilingan bomba joyida sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan.

 Xabar qilinishicha, qoʻlga olingan shaxs Suriya va Iroqda boʻlgan, jangovar harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan hamda respublika hududida terakt sodir etishni rejalashtirgandi.

 Uning yonidan ekstremistik xarakterdagi materiallar, elektron qurilmalar va bomba tayyorlashda ishlatiladigan boshqa vositalar topilgan. Ayni vaqtda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Turkiston:

Juda kuchli ichki va tashqi himoya tizimi va taʼsir quvvatiga ega boʻlgan Rossiya, Frantsiya, Angliya, Turkiya… singari qator mamlakatlar oʻz yurtlarida juda koʻp fuqorolarining hayotiga zomin boʻlgan qoʻporuv amaliyotlarini oldini ola olishmayapti. Negaki, bu xalqaro qoʻporuvchi tashkilotlarning ortida xalqaro siyosatdagi yetakchi davlatlar turadi va oʻzlari uchun manfaati bor deb bilgan barcha mamlakatlarda ularga kerakli sharoitlarni yaratib berishadi. Aks holda, bu qoʻporuv ishlarini amalga oshirishda ayblanayotgan islomiy tashkilotlar vakillari hatto bir mamlakatdan ikkinchisiga mustaqil oʻtib borish imkoniyatiga ham ega emaslar.

Demak Qirgʻizistonda qoʻporuv ishlari amalga oshirilishi kerak boʻlsa, yaʼni xalqaro quvvatlar manfaati shunga dalolat qila boshlasa, ularni bizning ichki himoyachi tizimlarimiz hatto koʻrib bilib turishgan hollarida ham toʻsa olishmaydi. Aksincha, u gʻalamis kuchlar bilan birga yana islomiy harakatlarga boʻhton toshini otishda davom etishga majbur boʻlishadi.

Yuqoridagi Qirgʻiz xavfsizlik kuchlarining vahimali amaliyotlari ham Qirgʻiziston mamlakatining manfaatlariga mos kelmaydigan hatti harakatlarning davomidir. Chunki bu kabi “terror vahimasi” nomi ostida olib borilayotgan taktik amaliyotlar kufr olami bizlarni ichki muammolar girdobiga tortish uchun atayin oʻylab topishgan siyosiy tuzoqlardir. Ichki xavfsizlik harakatlarimizning bu kabi boʻrttirib olib borishayotgan taktikasi Islom va musulmonlarni bir necha boʻlaklarga boʻlib yuborish strotegiyasi asosiga qurilgan. Yaʼni, bu kabi harakatlar avvalo davlat bilan musulmonlar oʻrtalaridagi jarlikni kengaytiradi. Soʻng, musulmonlarning oʻrtasida adovatli muomilalarni shakllantiradi. Oqibatda davlat xizmatchilari bilan islomiy kuchlar toʻqnashuvi uchun juda xavfli muhitni paydo qiladi. Bularning barchasi Qirgʻiziston mamlakatining manfaatlariga zid va oʻta xavfli keskin vaziyalarga olib keladi!

Hatto yurtimizda islomiy harakatlarning ishtirokida qoʻporuv ishlar uyushtirilishi yoki jangari harakatlar olib borilishiga ham, mana shu oʻrtalarimizda shakllanib borayotgan zulm va boʻhtonlardan kelib chiqqan keskin vaziyat sabab boʻladi. Kufr olami bu keskinlikni oʻz maqsadlari sari atayin kuchaytirib boradi! Vaqti kelganida u, zulmdan sabr kosasi toʻlib bitgan musulmonlardan foydalanib, mamlakatda parokandalik paydo qilishni koʻzlayapti! Iroq, Suriya, Liviya, Misr, Avgʻoniston…. va hokazo mamlakatlardagi boʻlib oʻtayotgan hodisalar bunga misol boʻla oladi.

Qirgʻizistonda islomiy harbiy harakatlar xavfi hozircha mavjud emas! Lekin xiyonatchi siyosatchilar bosh boʻlib, kuch organlarining maxsus boʻlinmalari vositasida, bu xavfli vaziyatni paydo qilish maqsadidagi taktika boʻylab harakat olib borishyapti. Ular yoʻq yerdan islomiy harbiy quvvatlar paydo qilish uchun kufr kuchlariga sharoit yaratib borishmoqchi. Aks holda hatto yuqoridagi kabi “gʻalamis niyatili” bir necha shaxslar rostdan qoʻlga olingan taqdirda ham, xotirjamlik, tinchlik va hamjihatlikni saqlash maqsadida ularni bunchalik oshkor qilishmas edi. Yaʼni, minglagan organ xodimlari va ilmoniy shaxslar tomonidan shunaqangi iflos jinoyatlar sodir etilganini yashirib kelishayotganlari singari bularni ham oshkor qilmas edilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.