Lavrov: Suriyada Isroilning manfaatlari uchun qoʻlimizdan kelganini qildik

738
0

Lavrov: Suriyada Isroilning manfaatlari uchun qoʻlimizdan kelganini qildik

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaning janubiy gʻarbida Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya Isroilning manfaatlarini himoya qilish uchun qoʻlidan kelgan ishni qilganliklarini bidirdi. Lavrovning taʼkidlashicha, har ikki davlat ham oʻt ochishni toʻxtatish va urushdan holi mintaqa tashkil qilish borasida tuzilgan shartnoma chogʻida Isroilning manfaatlarini nazardan qochirmaslik uchun bor kuchi bilan hamma narsani amalga oshirishgan.

Isroilda chiqadigan Haaretz gazetasi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuning Rossiya va AQSh oʻrtasida tuzilgan sulh shartnomasi Eronning Suriyada mavjudligini kafolatlash uchun boʻlganligi haqida aytgan soʻzlarini keltirdi. Ayni mavzu boʻyicha jurnalistlarga intervyu bergan Lavrov “Men Netanyahuning aynan nima deganligini bilmayman. Lekin men ishontirib aytamanki, biz AQSh bilan birgalikda Isroilning xavfsizlik borasidagi manfaatlarini asosiy oʻringa qoʻyish uchun qoʻlimizdan kelganini qildik”, dedi.

Lavrov 7 iyul kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp oʻrtasida imzolangan sulh shartnomasidan oldin barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan Isroilning ham ishtirokida tayyorgarlik harakati koʻrilayotganligini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.