“Oʻlim xorlikdan afzaldir”

921
0

“Oʻlim xorlikdan afzaldir”

Eron, Rossiya va Turkiya boshchiligida amalga oshirilgan Ostona jarayonida erishilgan kelishuvga nisbatan qarshiliklar davom etmoqda. Suriyadagi guruhlarning katta qismi mamlakatning boʻlinishiga va Asad rejimining davom etishiga imkoniyat yaratadigan ushbu kelishuvga tish tirnoqlari bilan qarshi chiqishmoqda. Asadga qarshi mamlakat janubida kurash olib borayotgan muxolifat guruhlardan biri “Jaysh-ul Muhammad” Ostona shartnomasiga qarshi ekanliklarini eʼlon qilib, “Oʻlim xorlikdan afzaldir, bu bizning mahkam tutgan shiorimizdir”, nomli bayonot chiqardi.

“Bu qahramon xalq Suriya inqilobida yuz minglab shahidlar berdi. Son-sanoqsiz insonlar tan jarohati oldi”, “Suriyada yaqinlaridan biri oʻldirilmagan yoki zindonlarga tashlanmagan biror kishi qolmadi, biroq xalqaro hamjamiyat oʻzini bilmaganga olib, sukut saqlamoqda”, “Rejim jinoyatini jazosiz qoldiradigan, oʻldirilgan, quvgʻin qilingan va qamoqlarga tashlangan kishilar taqdiridan koʻz yumadigan va rus bosqinchilarini kafil sifatida koʻradigan mazkur bitim inqilobchilarni mustamlaka davriga qaytaradi”, “Xalqaro jamoatchilikka shuni eslatib qoʻymoqchimizki, Bizning harakatimiz yamoq yoki islohot harakati emas. Togʻut va fasodga qarshi tabiiy va har bir jihatni oʻz ichiga oladigan inqilobiy harakatdir. Suriyaning ichida va tashqarisida Suriya daʼvosiga samimiy yordamchi boʻlayotgan har qanday kishini tubdan inqilob yasash yoʻlida hamkorlik qilishga va inqilobga qarshi rejalarni barbod qilishga chaqiramiz”, deyiladi Ostona jarayonini tanqid ostiga olgan bayonotda.

“Jaysh-ul Muhammad” guruhining taʼkidlashicha, AQSh va Rossiya oʻrtasidagi soʻngi kelishuv Suriyani boʻlib tashlash, xalqni qamal qilish va bosqinchilarni kuchaytirishni koʻzda tutgan kelishuvlardan biridir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.