Hizbulloh safida yo’qotishlar

543
0

Hizbulloh safida jang olib borayotgan o’ttizta jangchining jasadi Livanga olib kelindi. Bu haqida “Al-Arabiya” axborot agentligi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, o’lganlar orasida “Al-Kuds” otryadining etakchisi Abu Ajib ham bor. Hizbullohning sobiq bosh kotibi Subhiy Tufayliyga ko’ra, Suriyada kechayotgan jangda Hizbulloh safidan 138 kishi halok bo’lgan.

Shar’iy nuqtai nazarga ega bo’lgan Shayx Tufayliy Suriyada jang qilayotgan Hizbulloh askarlarini jangni bas qilib, Livanga qaytishga da’vat qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Ular Suriyada shiyalar uchun muqaddas bo’lgan Sayyida Zaynab mintaqasini himoya qilish uchun emas, balki Bashar Asad rejimini himoya qilish uchun jang qilishmoqda.

“Ular fitnani bas qilib, Livanga qaytishsin. Shariatda adolatsiz hokimiyatni qo’llab quvvatlash va musulmonlarni o’ldirishi uchun unga yordam berish haromdir”, dedi Hizbullohning sobiq bosh kotibi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.