Arab davlatlari Qatardan Eron bilan aloqalarni uzishni talab qilmoqda

533
0

Arab davlatlari Qatardan Eron bilan aloqalarni uzishni talab qilmoqda

 Qatarni qamal qilayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari, Misr, BAA, va Bahrayn Dohaga rasmiy talabnoma yoʻlladi. Talablar roʻyxati Kuvayt orqali Dohaga yetkazilgan.

 OAV bergan xabarga koʻra, rasmiy Dohadan Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishni, “Al-Jazera” telekanalini yopishni hamda Turkiyaning harbiy qoʻshinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish talab etilmoqda.

 Shuningdek, Dohadan Ar-Riyod, Abu-Dabi, Qohira va Manama tomonidan terrorizmda ayblanayotgan barcha fuqarolarini topshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, Qatar tovon puli toʻlashi kerak, uning miqdori keltirilmagan.

 Talablar bajarilishi uchun 10 kun muhlat berilgan.

Qatarning pozitsiyasi

22 iyun kuni Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdurahmon Ol Soniy maʼlum qildiki, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan mamlakatlar blokada orqali agressiya akti qoʻlladi.

 “Biz koʻrib turgan blokada – bu mamlakat uchun agressiya sifatida qaraladi. Afsuski, ular bizga shunday akt qoʻllashmoqda”,- degan diplomat Dohadagi matbuot anjumanida.

 “Ular bizni ayblashmoqda, ular bizni oʻz ishlariga aralashganlikda ayblab, bizning ichki ishlarimizga aralashishmoqda”,- deya qoʻshimcha qilgan.

 Ol Soniyning soʻzlarig koʻra, vaziyatni yumshatadigan holat roʻy bermadi: rasmiy Doha mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga erisha olmadi.

 Qatarlik vazir mamlakat bilan aloqalarni uzgan mamlakatlar bilan muloqot faqat blokada toʻxtatilgach yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini taʼkidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.