Issiqkoʻlda davatchilar jarimaga tortildi

969
0

Issiqkoʻlda davatchilar jarimaga tortildi

“Turmush” nashrining xabar berishicha, Issiqkoʻl viloyatining Tup tumanida noqonuniy daʼvatga chiqqan 9 kishi MXDQning tuman boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Xabarga koʻra, qoʻlga olinganlar Chuy va Norin viloyatidan kelishgan.

“Oʻzlarini Yaqin Inkorchilar deb ataganlar bilan Tup tumani imomi Baqit Kaykiyev tushintirish ishlarini olib bordi. Biroq, ular oʻz fikrlarida turib olishti. Ularning orasida ayrimlarining pasporti yoʻq ekan. Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmaligining daʼvat boʻlimidan daʼvatga chiqish uchun maxsus ruxsat qogʻozi ham yoʻq boʻlib chiqdi. Eng achinarlisi, qoʻlga olinganlarning orasida 17 yoshga endi toʻlgan oʻsmir ham bor ekan. 9 odamning har biriga 500 somdan maʼmuriy jarima solindi. Qonunda boshqa jazo turi nazarda tutilmagan. Oʻtgan yili ham shunday ikki guruhni qoʻlga olib, jarima solinganidan soʻng yashash yerlariga joʻnatib yuborganmiz”,- dedi 10-boʻlim boshligʻi Mayrambek Sultanov.

Turkiston:

Xalqaro siyosat Islom va musulmonlarga qarshi harakatlanishi ortidan Qirgʻiziston hukumati ham Rossiya va Qozogʻiston bosimi ostida qirgʻiz jamiyatini islomiylashib borishiga qarshi kurashishga kirishdi. Jamiyatni islomiylashishiga hissa qoʻshayotgan Tabligʻ jamoasini uyma-uy yurib daʼvatga chaqirishini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqilib, qonun loyihasi Jogorku Keneshning Ijtimoiy masalalar, bilim, ilm, madaniyat va salomatlikni saqlash boʻyicha komitetining 29-may kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida koʻrib chiqildi va tasdiqlash uchun parlamentga taqdim qilindi.

Eng achinarlisi jamiyatda islomiy muhitni kuchayib borishga qarshi kurashayotgan hukumat va kuch organlari daʼvatchilarni yomonotliq qilishda oʻz imkoniyatidagi barcha vositalarni ishga solishmoqda. OAV ham hukumat va kuch organlarining bu ishida beminnat yordam berib kelishmoqda.

10-boʻlim boshligʻi Mayrambek Sultanov qoʻlga olingan daʼvatchilar ichida 17 yoshga endigina toʻlgan oʻsmir bor ekanligini “eng achinarli” holat deb baholadi. Holbuki, 2016-yili 15 yoshli maktab oʻquvchisi boʻlgan qiz “Miss bikini 2016” “maqomiga” ega boʻlgani va Pekinda boʻlib oʻtadigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi OAV tomonidan Qirgʻiziston faxri sifatida talqin qilingan edi. Aslida mana shu musulmonlar uchun eng achinarli holat hisoblanadi.

Bundan tashqari, odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish Alloh tomonidan musulmonlar zimmasiga yuklatilgan farz amal boʻlib, buning uchun bandasini ruxsati talab qilinmaydi.

Imom Termiziy Huzayfa ibn al-Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va salam aytdilar: “Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, yo yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar yo esa Alloh tez orada ustingizga Oʻzi tarafidan azob yuboradi-da, soʻng Unga har qancha duo qilmang, ijobat etilmaydi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.