Fiqhdan namunalar

335
0

фикх-199x300

بسم الله الرحمن الرحيم

Xalifani tiklash uchun musulmonlarga muhlat

beriladigan muddat

Xalifani tiklash uchun musulmonlarga muhlat beriladigan muddat uch kun va kechadir. Musulmon bo’ynida bay’at bo’lmagan holda uch kechani o’tkazishi halol bo’lmaydi. Uzog’i bilan uch kecha belgilanganining sababi shuki, xalifani tiklash sobiq xalifa vafot etgan yoki bo’shatilgan lahzadan boshlab farzdir. Lekin uni tiklash bilan mashg’ul bo’lish sababli u uch kun va kecha kechikishi joizdir. Uch kechadan oshib ketsayu, lekin xalifani tiklashmagan bo’lsa bunda qaraladi. Agar musulmonlar xalifani tiklash bilan mashg’ul bo’lib, engish qiyin bo’lgan va daf qilishga kuchlari etmagan qaysidir ishlar sababli uni uch kecha orasida tiklashga muvaffaq bo’lishmagan bo’lsa, bunday holatda ulardan gunoh soqit bo’ladi. Farzni ado etish bilan mashg’ul bo’lganlari va yuqorida aytilgan ishlar sababli kechiktirishga majbur bo’lganlari uchun gunoh ulardan soqit bo’ladi. Zero Payg’ambar (s.a.v) bunday dedilar:

«رُفِعَ عَنْ أُمَّتِي الْخَطَأُ وَالنِّسْيَانُ وَمَا اُسْتُكْرِهُوا عَلَيْهِ»

«Ummatimdan xato, unutish va majbur qilinishgan narsa (gunohi) ko’tarildi». Bu hadisni Tabaroniy «al-Kabir»da rivoyat qildi. Endi agar bu farz bilan mashg’ul bo’lishmasa, unda to xalifa tiklanmaguncha hammalari gunohkor bo’ladi. Xalifa tiklansagina bu farz ulardan soqit bo’ladi. Ammo xalifani tiklamay tek o’tiraverib qilishgan gunoh ulardan soqit bo’lmaydi. Aksincha bu gunoh zimmalarida qolaveradi. Alloh bu gunoh uchun – musulmonni farzni ado etishni tark qilib qilgan har qanday gunoh uchun qanday hisob-kitob qilsa, shunday – hisob-kitob qiladi.

Xalifalik mansabi bo’shab qolishi bilanoq xalifaga bay’at berish bilan mashg’ul bo’lishning vojibligi daliliga kelsak, u shuki, sahobalar Rosululloh (s.a.v) vafot etganidan keyinoq, ana shu kunning o’zida, hali Rosululloh (s.a.v) dafn qilinmay turib shu ishga kirishdilar. O’sha kunning o’zida Abu Bakrga in’iqod bay’ati berildi. Ertasi kuni odamlar masjidda Abu Bakrga itoat bay’ati berish uchun to’plandilar.

Endi musulmonlar xalifani tiklashlari uchun uzog’i bilan uch kun va kecha muhlat berilganiga kelsak, chunki Umar o’ziga sanchilgan xanjar jarohatidan vafot etishi aniq bo’lib qolgach ahli sho’roga topshiriq berib, ularga uch kunni belgilab berdi. So’ngra agar uch kun ichida xalifani tanlashga kelisha olishmasa qarshi chiqqanni o’ldirishni buyurdi. Umar musulmonlardan ellik kishiga bu ishni bajarishni, ya’ni qarshi chiqqanni o’ldirishni topshirdi. Vaholanki ular sho’ro ahlidan va ulug’ sahobalardan edi. Bu sahobalarning ko’z o’ngida bo’ldi. Ulardan birontasi Umarning bu qaroriga qarshi chiqqani yoki inkor qilgani naql qilinmagan. Demak bu musulmonlarning uch kun va kechadan ortiq xalifasiz qolishlari joiz emasligiga sahobalar tomonidan qilingan ijmo bo’ldi. Sahobalar ijmosi esa xuddi Kitob va Sunnat kabi shar’iy dalildir. Buxoriy Misvar ibn Maxramaning shunday deganini rivoyat qildi: «Abdurrahmon yarim kechadan keyin eshigimni taqillatdi. U eshikni shunday urdiki hatto uyg’onib ketdim. U: uxlaganingni ko’rib turibman, Allohga qasamki, men shu uch kecha davomida ko’p uxlamadim, dedi. Bomdod namozi o’qilgach Usmonga bay’at berildi».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.