Tramp: Yaqin Sharq davlatlari Isroilning rolini tan olishi lozim

388
0

Saudiyadan soʻng Isroilga yoʻl olgan AQSh prezidenti Donald Tramp shimoliy Quddusda bergan bayonotida AQSh va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik har doimgidan ham kuchliroq boʻlishini taʼkidladi. Trampga koʻra, endi Isroilga hech kim tahdid qila olmaydi.

“Terrorizmni (Islomni) yoʻq qilib, farzandlarimiz uchun xavfsizlik va tinchlik yaratib bergunga qadar yoningizda turishga Qoʻshma Shtatlar nomidan soʻz beraman”, “Men iqtidorda ekanman, Eron davlati Isroil xalqini yoʻq qilish bilan tahdid qila olmaydi” dedi Tramp.

Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyodda Islomiy oʻlkalar rahbarlari bilan oʻtkazgan uchrashuviga ishora qilgan AQSh prezidenti “Terrorizmga (Islomga) nuqta qoʻyish hamda farzandlarimiz uchun goʻzal va porloq kelajak taqdim qilish uchun (Islomiy oʻlkaardan iborat) hamkorlarimiz bilan ittifoq tuzishimiz lozim. Yaqin Sharq davlatlari Isroilning mintaqadagi joʻshqin rolini tan olishlari kerak”, deya qayd etdi.

Tramp oʻzining prezidentlik davrida AQSh hukumati Isroilni qoʻllab-quvvatlash borasida avvalgilaridan koʻra eʼtiborliroq boʻlishiga urgʻu berar ekan, “AQSh va Isroilning xavfsizlik boʻyicha hamkorligi har qachongidan ham kuchli boʻlishini va buning oʻzgacha darajalarini mening davrimda koʻrasiz”, deya qoʻshimcha qidi.
Tramp Yaqin Sharq safarini boshlamasdan avval bergan intervьyusida Isroil xalqini juda-juda sevishini taʼkidlagan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.